Seliakiya nima?

    Salomatlik 16 Noyabr 2021 7975

    Seliakiya yoki glyuten qabul qilolmaslik kasalligi boʻy oʻsishining ortda qolishi, ich ketishi va ovqatlanishni buzilishi sindromi bilan kechadi.

    Oddiy holdek tuyulgan bu kasallik butun umrga oʻz asoratlarini qoldiradi. Organizm bugʻdoy, javdar, suli, tariq va arpa kabi donli mahsulotlarni qabul qilolmaydi, yaʼni ich ketishi, koʻngil aynishi bilan belgi beradi.

    Seliakiya – ingichka ichak shilliq qavatini boshoqli donlar oqsili gliadin taʼsirida zararlanishi natijasida kelib chiquvchi, tugʻma, koʻp belgili va kuchayib boruvchi xastalikdir. Ovqat soʻrilishini buzilishi bilan kechadigan mazkur xastalikni zoʻrayib borishi nogironlikka olib borishdan tashqari ichakda xatarli oʻsmalar paydo boʻlish xavfini oshiradi va natijada bolalar oʻlimi oshishiga olib keladi.

    Asosiy belgilari:

    — tana ogʻirligi va boʻy oʻsishini ortda qolishi;

    — qorinda ogʻriq boʻlishi;

    — qusish holatining koʻp kuzatilishi;

    — ishtahasining pasayishi yoki koʻtarilishi;

    — jaxldorlik va tajovuzkorlik va boshqalar

    Bunday vaziyatlarda, albatta, shifokorga murojaat qilish zarur.

    Bu kasallik eng koʻp Italiyada tarqalgan.

    Internet materiallari asosida Feruza Joʻrayeva tayyorladi.