Umummilliy Lider portreti tushirilgan pochta markasi Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yilning “Haydar Aliyev yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan ishlab chiqarildi.
“Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri Haydar Aliyevning 100 yilligi” deb nomlangan pochta markasi Ozarbayjon hamda Oʻzbekiston muzeylariga, har ikki mamlakatning davlat va hukumat vakillariga yuborilib, Oʻzbekistonda ichki va xalqaro muomalaga chiqariladi.
Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonda Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri Haydar Aliyevning 100 yilligiga bagʻishlangan bir qator tadbirlar davom etib, Umummilliy Liderning boy merosini targʻib qilish boʻyicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Qayd etilishicha, yaqin kunlarda Umummilliy Lider Haydar Aliyevga bagʻishlangan oʻzbek tilidagi asar nashr etilib, Oʻzbekistonning yetakchi universitetlaridan birida Haydar Aliyev auditoriyasining ochilishi rejalashtirilmoqda.