Oʻzbekiston shaharlari azaldan ilm-fan markazi sifatida mashhur boʻlib, bunda kutubxonalar katta rol oʻynagan. Ayniqsa, IX-XII asrlarda, Amir Temur va Temuriylar davrida mamlakatda ulkan kutubxonalar tashkil etildi, ilm-fan yuksaldi. Keyingi asrlar, xususan, xonliklar davrida ham mintaqadagi yirik shaharlar, xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoʻqon shaharlarida hukmdorlar saroylarida yirik kutubxonalar faoliyat yuritgan.
Yevroosiyo kutubxonalar uyushmasi bilan imzolangan memorandum doirasida tashkil etilgan tadbirda Markaz ilmiy xodimlari, mamlaktimizdagi yetakchi kutubxonalar - OʻzDJTU, OʻMI, Milliy kutubxona vakillari ishtirok etdilar.
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi doimiy ravishda xorijiy turdosh ilmiy-taʼlim markazlari, tadqiqot institutlari bilan islom dini va madaniyatini tadqiq etish yoʻnalishida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratib keladi.
Shunday tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida tashkil etilgan onlayn muloqotda Yevroosiyo kutubxonalar uyushmasi bosh kotibi Asuman Akdemir ishtirok etdi va maʼruza qildi. Muloqot avvalida Yevroosiyo kutubxonalar uyushmasi faoliyati haqidagi 15 daqiqalik videofilm namoyish etildi.
Tadbir yakunida Yevroosiyo kutubxonalar uyushmasi tomonidan Markaz kutubxonasi xodimlari uchun onlayn shaklda tajriba almashish, zamonaviy kadrlarni tayyorlash, kutubxona faoliyatiga ilgʻor xorijiy tajribani tatbiq etish yoʻnalishida oʻquv kurslarini tashkil etishga kelishib olindi.
Bu boradagi ishlar albatta bir kun kelib oʻz samarasini beradi albatta. Zotan, Prezidentimiz, “Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak maʼnaviyatga erishib boʻlmaydi”. – Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi millat birinchi navbatda oʻzining intellektual salohiyati, yuksak maʼnaviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa, avvalo, insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda, – deb taʼkidlaydilar.