Xorijliklar ham oʻzbek tilida nutq soʻzlayapti

    Bu tilni oʻrganishimiz Oʻzbekistonning boy merosi, qoʻlyozmalarini chuqur tadqiq qilishimizda ham muhim oʻrin tutadi.

    Shu yilning 18-oktyabridan buyon Toshkentda oʻtayotgan xalqaro madaniy meros haftaligi boy tariximiz, madaniyatimizni chuqur tadqiq etayotgan xorijlik doʻstlarimizni kashf etishimizga xizmat qilyapti. Ular ayrimlari ona tilimizda nutq soʻzlayotgani yanada quvonarli. Masalan yurtimizga “Oʻzbek modern adabiyoti” kitobini taqdim etgan turkiyalik Emek Ushenmez oʻzbekcha nutqidan soʻng, oʻz intervyusida shunday dedi: — Oʻzbek tili bizning ota-bobolarimiz tili. Xusayn Boyqaro, Alisher Navoiyni, Qoraxoniylar davrida yozilgan bitiklarni, “Qutadgʻu bilig”, “Devoni xikmat”ni yaxshi oʻqish uchun ham oʻzbek tilini bilishimiz kerak. Shuningdek, bu tilni oʻrganishimiz Oʻzbekistonning boy merosi, qoʻlyozmalarini chuqur tadqiq qilishimizda ham muhim oʻrin tutadi.

    Berlin davlat kutubxonasining Markaziy Osiy boʻlimi ilmiy xodimi Aysima Mirsultan ham oʻzbek tilida intervyu berib, “davlat rahbaringiz boshchiligida Oʻrta Osiyoda birinchilardan boʻlib madaniy merosni avaylash borasida shunday ishlar olib borilayotganidan xursandmiz. Oldimizda biz bunga qanday yordam bersak boʻladi, degan masala turibdi. Madaniy merosni topishgina emas, uni boshqalarga ham tadqiq qilish kerak. Men Berlin davlat kutubxonasida boburiylar bilan bogʻliq ikki tomli kitob yaratdim va u nashr etildi. Endilikda 130 betlik bu kitobni faksimile nusʼhasini yaratishimiz kerak.

    Oʻylaymizki, bildirilayotgan takliflar mamlakatimizning boy madaniyatini yanada boyitishda muhim omil boʻladi.