Poytaxtimizdagi “Gʻalaba bogʻi” xalqimizning Ikkinchi jahon urushida gʻalabaga qoʻshgan ulkan hissasi va jasoratidan soʻzlovchi qadamjolardan biri sanaladi. Davlatimiz rahbari bu haqda toʻxtalib, ushbu maskan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdek olijanob maqsadga xizmat qiladi, degan edi.
Ayni kunlarda mamlakatimiz boʻylab “Xotira va qadrlash kuni” hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 76 yilligini nishonlash borasida tayyorgarlik ishlari jadal surʼatlarda davom etmoqda.
Ikkinchi jahon urushida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini koʻrsatgan koʻp millatli Oʻzbekiston xalqining urushda qozonilgan buyuk Gʻalabani taʼminlashga qoʻshgan munosib hissasini keng miqyosda yoritish, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning nomlarini abadiylashtirish, ularning beqiyos jasorati va matonatini tarix sahifalariga muhrlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Toshkent shahrida “Shon-sharaf” davlat muzeyi, “Mangu jasorat” va “Matonat madhiyasi” monumentlarini, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalarni oʻz ichiga olgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori general-mayor Shuxrat Uzakov tashabbusi bilan Respublika Harbiy prokuraturasi va Toshkent harbiy prokuraturasi prokuror-tergov xodimlari va xizmatchilari tashrif buyurdilar.
Poytaxtimizning Olmazor tumanida 14 gektardan ziyod joyda barpo etilgan “Gʻalaba bogʻi” ramziy 12 ta hududga boʻlingan boʻlib, kirish qismi, urushning dahshatli qiyofasi, markaziy xiyobon, harbiy texnikalar maydonchalari, temir yoʻl vokzali, front orti hududi, amfiteatr va maʼmuriy bino, motam va anduh hududi, shodu-xurramlik hududi, gʻalaba hududi, “Shon-sharaf” davlat muzeyi va shukronalik hududidan tashkil topgan.
Bu majmua bizni bugungi tinchlik-osoyishtalik, farovon hayot qanchalik bebaho neʼmat ekanligini, uni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash muqaddas burch ekanligini anglatadi.
Harbiy prokuratura xodimlarining muzeyni tomosha qilishlari barobarida, ular milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini his qilgan holda, qalblarida oʻchmas va unutilmas taassurotlarni qoldirdi.