Turizm va sport vazirining birinchi oʼrinbosari Ulugʼbek Аʼzamovning soʼzlariga koʼra, Oʼzbekistonda turizm sohasida 260 ming ish oʼrni, 1400 turistik tashkilot va 1360 joylashtirish obʼekti yaratilgan.

Joriy yilning 9 oyida turizm biznesini qoʼllab-quvvatlashga 6,5 milliard soʼm yoʼnaltirildi. Bu miqdor davlat byudjetidan ajratilgan. Jumladan, 105 ta yangi mehmonxona, 1001 ta oilaviy mehmon uyi, 90 ta turistik korxona ochildi.

Qayd etilishicha, turizm xizmatlari eksporti yuqoridagi davrda 273 million dollarni tashkil qilgan.