O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov ishtirokida bo‘lib o‘tgan seminarda pillachilikka alohida eʼtibor berilayotgani, sohani rivojlantirish yo‘lida qanday agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish va nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi xususida so‘z bordi.

Seminar davomida 8 gektar yer maydonida tut ko‘chatlari ekish ishlari boshlab yuborildi.

Rejaga ko‘ra, joriy yil tumanda 1,6 million tup tut ko‘chatlari ekilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, yil davomida 2 ming 709 quti ipak qurtlari parvarishlanib, 154 tonna tirik pilla yetishtiriladi.