O'zbekiton - yoshlar mamlakati. Shu bois, yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kamolotiga alohida e'tibor qaratiladi. eng avvalo, bu sohadagi ishlarni tashkil etishning huquqiy asoslari doimiy takomillashtirib borilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida"gi qonunda yoshlarni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish, iste'dodini qo'llab-quvvatlash masalalari qamrab olingan. "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi qonunda esa hokimiyat va boshqaruv organlarining bu boradagi vakolatlari hamda sohaga doir boshqa ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solingan.
Shuningdek, yoshlarning bepul umumiy ta'lim olish huquqining kafolatlangani ham e'tiborga molikdir. Bugungi kunda mamlakatimizda iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Prezident maktablari, Temurbeklar maktabi, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarga berilayotgan zamonaviy ta'lim-tarbiya Yangi Renessansning mustahkam poydevori bo'lmoqda.
Oliy ta'lim sohasidagi islohotlar va imkoniyatlar esa yigit-qizlarning malakali mutaxassis bo'lib hayotga kirib kelishida muhim omil bo'lmoqda. So'nggi yilllarda bu borada qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildiki, ular yoshlarning intilish va iqtidorini qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirishda, rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini yuksaltirishda yangi tizimni shakllantirdi.
Quvonarli tomoni shundaki, zamon talablari va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar sharoitida bugungi yoshlarning talab va ehtiyojlarini o'rganib, yangidan- yangi imtiyoz va imkoniyatlar eshigi ochib berilmoqda.
Yangi O'zbekistonda yoshlar siyosatini zamon talabidan kelib chiqib takomillashtirishda Prezidentimiz Shavkat MIrziyoevning tashabbuslarini alohida ta'kidlash lozim. Davlatimiz rahbarining yoshlar kamolotiga qarayotgan doimiy e'tibori, ayniqsa, ta'lim islohotlarida yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Bu islohotlarning yutug'i esa yoshlarning davlat va qonunlarga ishonchini kuchaytirmoqda.
Xorijiy ta'lim muassasalaridan o'zimizdagi oliy o'quv yurtlariga o'qishini ko'chirish, test jarayonlari, bir vaqtning o'zida 5 ta OTMda bilimini sinab ko'rish masalalalari buning yorqin misolidir. Albatta bu kunlarni asrlar davomida xalqimiz orzu qilgan.
Jumladan, jadidlarimizdan Mahmudxo'ja Behbudiy millat taraqqiyoti va istiqboli,Turkistonningkelajagi haqida o'ylar ekan, xalqni jaholat va
Nodonlik, erksizlik va qashshoqlik botqog'idan qutqarib olishning birdan -bir yo'li ilm-ma'rifatli bo'lishdir, degan hulosaga kelgan edi.
Behbudiy esa xalqdan mablag' yig'ib o'qishga, ilmga rag'batli bo'lgan, ammo, ota-onasining qurbi etmaydigan Turkiston yoshlarini chet el dorilfununlariga yuborib o'qitib, millatning rivoji va istiqboli uchun zarur bo'lgan muhandis va muallimlarga, Ovro'pa bozorlarida savdo-sotiq qiladigan, horijliklar tilini biladigan zamonaviy ilmiy hodimlarga ega bo'lish orqali yurt taraqqiyotini yuksaltirish g'oyasini ilgari surgan.
Jadidlardan Abdurauf Fitrat yosh avlodni to'laqonli to'g'ri yo'ldan tarbiyalamasdan jamiyatni isloh qilish, uning rivojini taraqqiyot sari yo'naltirish mumkin emas. Millat taqdiri uning oilasining holatiga bog'liq degan g'oyani ilgari suradi: “Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qaerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli bo'ladi” degan o'y-fikrlari, orzularining bugun amalga oshayotganini anglash mushkul emas. Kuni-kecha davlatimiz rahbarining yoshlar bilan uchrashuvida ilgari surilgan tashabbus va g'oyalar buning isbotidir.
Aytish joizki, ushbu forumda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar tilga olindiki, bu Yangi O'zbekitondagi yoshlarimizning dunyoqarashinitubdan o'zgartirishga asos bo'ldi. Ulardan biri keyingi yildan oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to'plagan 200 nafar yosh uchun Prezident granti joriy etiladi.
Shuningdek, ikki va undan ortiq farzandi oliy o'quv yurtida shartnoma asosida o'qiyotgan oilalarga imtiyozli ta'lim krediti berish yo'lga qo'yiladi. Yoshlarimizning nufuzli xorijiy oliy o'quv yurtlarida tahsil olishi uchun ko'maklashishga alohida e'tibor qaratiladi. Jumladan, xalqaro ta'lim dasturlari bo'yicha eng yuqori ballarni to'plagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to'liq qoplab beriladi. Uchinchidan, izlanuvchi yoshlarni rag'batlantirish maqsadida “Yosh olimlar” innovatsion tanlovi uchun 30 milliard so'mdan ortiq mablag' ajratilganining o'zi ham katta imkoniyatdir.
To'rtinchidan, 2021 yildan boshlab maktab o'quvchilari va oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida “Bo'lajak olim” tanlovini tashkil qilish orqali yoshlarning eng yaxshi innovatsion hamda startap loyihalariga 50 milliard so'm mablag' yo'naltirish bo'yicha ko'rsatma berilishi ham diqqatga sazovordir.
Oltinchidan, kelgusi o'quv yilidan boshlab respublikamizdagi xorijiy oliy o'quv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etilishi yoshlarni yuksak axloq va kuchli bilim sohibi hamda vatanparvarlik ruhida voyaga etishida muhim omil bo'ladi.
Yana bir quvonarli xabar shundaki, ilm yo'lini tanlagan iqtidorli yoshlarimizni qo'llab-quvvatlash maqsadida keyingi yildan boshlab magistratura va doktorantura bosqichlari uchun Prezident stipendiyasi kvotasini ikki barobarga oshiriladi.
Ishonchim komilki, bunday imkoniyat va imtiyozlar yosh avlodni ertamizning munosib davomchilari etib tarbiyalashda yorqin istiqbollarni ochadi.
Feruza MUHIDDINOVA,
TDYUU professori, yuridik fanlar doktori