Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi vazifasini bajarib kelgan Amreev Bog'dod Kultaevichning vakolat muddati tugadi.
Xususan, Oʻzbekistonga kelayotgan umumiy sayyohlarning 60 foizini Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlatlaridan kelgan qardoshlarimiz tashkil etadi.
2022-yil 31-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Bagʻdad Amreyev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Joriy yilda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi va strategik sheriklik munosabatlari yoʻlga qoʻyilganining 5 yilligi nishonlanmoqda. Oʻtgan yili Anqara va Istanbulda Oʻzbekiston madaniyati kunlari oʻtkazilgan edi. Bu yil Toshkent va Samarqand shaharlarida Turkiya madaniyati kunlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2022-yilda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi.
Joriy yil 22-martda Bosh vazir oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi, Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi raisining oʻrinbosari Binali Yildirim bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Istanbulda Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashining oʻn ikkinchi majlisi boʻlib oʻtdi.
2022-yilning 11-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov videokonferensaloqa shaklida Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etdi.
Bryusselda tarixda ilk bor O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turkiy tillar madaniyati xalqaro tashkiloti (TURKSOY) va "Yevropa Ittifoqi hamda "Yevropa Ittifoqi — O'zbekiston" do'stlik guruhi hamkorligida uyushtirilgan "Xiva kunlari" bo'lib o'tmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-noyabrda Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy kengash sammiti davomida turkiy tilli xalqlarning dunyo sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi va nihoyatda boy yozma merosini birgalikda chuqur oʻrganish maqsadida “Turkiy tilli davlatlarning tarixiy, ilmiy va madaniy merosini oʻrganish tadqiqot markazi”ni tashkil etish taklifini ilgari surdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida ishtirok etdi.