Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-yanvar kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni kecha boʻlib oʻtgan Prezident saylovidagi ishonchli gʻalabasi bilan samimiy qutladi.
O‘zbekiston Respublikasi MSK raisi Z.Nizamxodjaev boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasi Prezidenti saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlari kuzatuvini boshladi.
Shu yilning 21-avgust kuni chet davlatda ishlash uchun ariza topshirgan 31 nafar fuqarolarimiz Belarus Respublikasining “Belavtomaz” korxonasida ishlash uchun joʻnab ketdi.
Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida Belarus biatlon federatsiyasi prezidenti Andrian Sibulskiy mehmon boʻldi. Uni Sport vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov va MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov kutib oldi hamda shu yerning oʻzida tomonlar oʻrtasida hamkorlik mavzusiga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi.
Belarusning Gomel oblasti ijroiya qoʻmitasi raisi Ivan Krupko boshchiligidagi rasmiy va ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya joriy yil 18-21-aprel kunlari amaliy tashrif bilan Fargʻona viloyatida boʻladi.
Belarus Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi MSK Raisi Z. Nizamxodjayev boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasining yagona ovoz berish kunida deputatlarga oʻtkaziladigan saylov jarayonlari kuzatuvida ishtirok etyapti.
Belarus Respublikasining Minsk shahrida «Ishchi kiyimlar, xavfsizlik va mehnat muhofazasi» xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiev va Belarus sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Belarus ishbilarmon doiralarining ikki yuzdan ortiq vakillari ishtirok etgan ushbu forumda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Roman Golovchenko so‘zga chiqdi.
Joriy yilning 4-6-dekabr kunlari Bosh vazir Roman Golovchenko boshchiligidagi Belarus Respublikasi hukumati delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyuradi.