Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF–187-son Farmoniga asosan tayinlangan Oliy Majlis Senati aʼzolari roʻyxatga olindi.
Bundan tashqari, joriy yilning 7−12-noyabr kunlari Oliy Majlis Cenati aʼzolarini saylash boʻyicha oʻtkazilgan mahalliy Kengashlarning qoʻshma majlislari bayonnomalari muhokama qilinib, ular asosida Oliy Majlis Senati aʼzolarini roʻyxatga olish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilindi.
Jumladan, yangidan shakllangan Senatning sifat tarkibi quyidagicha:
— senatorlarning 26,4 foizini xotin-qizlar tashkil etdi;
— 1 nafari – 30 yosh, 41,6 foizi – 40 yoshdan 60 yoshgacha, 56,6 foizi – 60 yoshdan kattalarni tashkil etdi;
— 98,3 foizi oliy maʼlumotli boʻlib, 31,6 foizi ilmiy darajaga ega;
—senatorlarning 25 foizi — iqtisodchilar, 13,3 foizi — huquqshunoslar, 26,6 foizi – pedagoglar, 13,3 foizi – muhandislar, 5 foizi – tibbiyot sohasi vakillari, 16,8 foizini esa – madaniyat sohasi vakillari, tadbirkor va fermerlar tashkil etadi.
Shuningdek, majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasiga muvofiq 2024-yil 18-noyabr kuni Qonunchilik palatasining va 2024-yil 19-noyabr kuni Senatning birinchi majlislarini Toshkent shahrida chaqirilishi belgilandi.