Bu haqda uning promouteri Eddi Hirn maʼlum qildi.

Turli nashrlarning xabar berishicha, jang shu yilning 14-sentyabrida Tokioda boʻlib oʻtishi mumkin. Lekin hozircha bu haqda rasmiy maʼlumot eʼlon qilinmadi.

Maʼlumot uchun, Inoue professional boksda 29 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan (26 tasi nokaut bilan). Murodjonning statistikasi esa — 14 ta jangda 13 ta gʻalaba (10 tasi nokaut) va 1 ta magʻlubiyat.