"Dunyo" AAning maʼlum qilishicha, unga muvofiq, AQSH immigratsiya siyosatining ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
- chegarani noqonuniy kesib oʻtish va noqonuniy boʻlish uchun javobgarlikka tortish;
- AQSH hududida jinoyat sodir etgan chet el fuqarolarini jinoiy javobgarlikka tortish.
Chegara nazorati nuqtayi nazaridan:
- Prezident Donald Trampning buyrugʻi bilan AQSH Qurolli Kuchlari ichki xavfsizlik departamentiga janubiy chegarada toʻliq nazoratni taʼminlashda yordam bermoqda;
- armiya yurisdiksiyasi ostida maxsus zonalar (Milliy mudofaa hududlari) tashkil etildi. U yerga noqonuniy kirishga boʻlgan har qanday urinish qonun doirasida toʻliq javobgarlikka tortiladi.
Amerika Qoʻshma Shtatlariga qonuniy ravishda kirgan, ammo qolish muddatini yoki qonunlarni buzgan shaxslar hibsga olinishi, jarimaga tortilishi, vizasidan mahrum etilishi va deportatsiya qilinishi mumkin. Qoʻshma Shtatlarga kirish doimiy taqiqlanishi mumkin.
Immigratsiya qoidalarini buzganlar uchun AQSH hududini oʻz ixtiyori bilan tark etish dasturi amal qiladi:
- noqonuniy muhojirlar zudlik bilan AQSH hududini tark etishlari shart;
- mamlakatni oʻz xohishi bilan tark etishni ixtiyor etganlar "CBP Home App" – moliyaviy ragʻbatlantirish dasturi foydalanishlari mumkin.
Biroq, AQSH mamlakatga qonuniy tarzda kelganlarni qabul qilishda davom etadi:
- AQSH qonuniy ravishda kelganlarni qoʻllab-quvvatlaydi;
- viza qoidalari, qonunlar yoki kirish shartlarini buzish vizani bekor qilish va deportatsiya qilishga olib keladi.
Noqonuniy migratsiyaga koʻmaklashuvchilarga nisbatan ham quyidagi choralar ishlab chiqildi:
- noqonuniy migratsiyaga koʻmaklashuvchi mansabdor shaxslar va boshqalarga nisbatan yangi viza cheklovlari joriy etildi;
- muhojirlar kontrabandasi bilan shugʻullangan bir qancha jinoiy guruhlar terrorchilik tashkiloti sifatida tan olingan;
- oʻz fuqarolarini qaytarib olishdan bosh tortgan mamlakatlar oʻz fuqarolari uchun AQSHga kirishda qattiq cheklovlarga duch kelishi mumkin.
«Amerika Qoʻshma Shtatlari barcha xorijiy hukumatlarni oʻz fuqarolarining AQSHda hibsga olinishi, deportatsiyasi yoki jinoiy javobgarlikka tortilishining oldini olish uchun ushbu qoidalarni oʻz fuqarolari eʼtiboriga yetkazishga chaqiradi«, – deyilgan manbada.