Bu haqda u 10-iyun, seshanba kuni X ijtimoiy tarmog'ida yozgan.

Uning so'zlariga ko'ra, komendantlik soati shahar markazida soat kechki 8 dan boshlab ertalab soat 6 ga qadar amal qiladi. Faqat shu hududda yashovchi yoki ishlayotganlar uchun bu qoida istisno qilinadi.

“Ertaga men saylangan rahbarlar va huquq-tartibot idoralari vakillari bilan komendantlik soatini uzaytirish bo'yicha maslahatlashaman, ammo biz bu bir necha kun davom etishini kutyapmiz”, dedi Bass.

Ayni paytda Los-Anjeles politsiyasi rahbari Jim Makdonnell 9-iyun kuni 114 nafar namoyishchi hibsga olinganini, 10-iyun, seshanba kuni esa yana 197 kishi hibsga olinganini ma'lum qildi, deb xabar beradi rg.ru.