Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasida bojxona sohasidagi hamkorlik har tomonlama kengayib bormoqda.
Shu kunlarda 2023-2024-yillari Oʻzbekistondan Koreya bojxona xizmatiga yuborilgan 6 ta labrador zotiga mansub xizmat iti xalqaro aeroport va dengiz portlarida xizmat qilmoqda.
Tilsiz posponlarning xizmatidan rozi boʻlgan koreyalik mutaxassislar Milliy kinologiya markaziga qayta tashrif buyurib, yana 6 ta xizmat itini sotib oldi.
Kuni kecha Toshkent xalqaro aeroporti orqali 6 ta xizmat iti tegishli veterinariya diagnostika va koʻrikdan oʻtkazilib, Koreyaga joʻnatib yuborildi.
Manzilga yetib borgan Jessi, Bella, Farona, Rada, Fayz, Fariz laqabli itlar iqlimga moslashish jarayonlari yakuniga yetgach, xizmatga safarbar qilinadi.
Shunday qilib, hozirga qadar Oʻzbekiston Milliy kinologiya markazida giyohvandlikka qarshi kurashish yoʻnalishida tarbiyalangan va Koreyaga yuborilgan xizmat itlari soni 12 taga yetdi.