Shu davr mobaynida agentlikning koll-markazi hamda diplomatik vakolatxonalarning ishonch telefonlari orqali 3400 dan ortiq murojaat qabul qilindi. 2100 dan ziyod fuqaroga hujjat rasmiylashtirish va jazoni oʻtash muassasalaridan qaytarish boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatildi.
Qaytarilganlar orasida:
- Rossiyadan – 993,
- Turkiyadan – 106,
- AQSHdan – 56,
- Qozogʻistondan – 39,
- Koreyadan – 8,
- Armanistondan – 4 nafar,
- Hindiston, Yaponiya, Polsha va Belarusdan – 3 tadan,
- Misrdan – 2 nafar hamda Qirgʻiziston, Latviya, Saudiya Arabistoni va Ozarbayjondan – 1 nafardan fuqaro bor.
Shuningdek, 654 nafar ayol va 438 nafar bola, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning deportatsiya markazlarida saqlanib kelgan 163 nafar fuqaro ham yurtga olib kelindi.
Ayni paytda tegishli idoralar tomonidan ularni jamiyatga moslashtirish choralari koʻrilmoqda. Migratsiya agentligi maʼlumotiga koʻra, bunday ishlar davom ettiriladi.