Bu haqda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti maʼlum qildi.
Shahar joylarida uzoq umr koʻruvchilar soni qishloqlarga qaraganda koʻpchilikni tashkil etadi
- shaharda – 56,5 foiz,
- qishloqda – 43,5 foiz.
Uzoq umr koʻruvchilarning uchdan ikki qismini:
- 66,3 foiz ayollar,
- qolgan 34,6 foizini erkaklar tashkil etadi.
Hududlar kesimida uzoq umr koʻruvchilar soni:
- Fargʻona viloyati (2582 nafar),
- Toshkent shahri (2155 nafar),
- Qashqadaryo viloyati (2011 nafar),
- Surxondaryo viloyati (1799 nafar),
- Toshkent viloyatida (1740 nafar) yuqori.
Demografik prognozlarga koʻra, yaqin kelajakda Oʻzbekistonda uzoq umr koʻruvchilar soni muntazam oshib boradi hamda 2030-yilda – 44 016, 2040-yilda – 93 971 nafarni tashkil etadi.
Bu oʻsishning asosiy sababi 1935–1950-yillarda tugʻilgan avlodning uzoq umr koʻruvchi yoshga kirishi bilan izohlanadi.
Ushbu yillarda tugʻilish koʻrsatkichlari juda yuqori boʻlgan (36,6–30,9 promille).
Shu bilan birga, Oʻzbekistonda umr koʻrish davomiyligining ortishi ham uzoq umr koʻruvchilar sonining koʻpayishini taʼminlamoqda. Jumladan, 2010-yilda respublikada tugʻilishda kutilayotgan hayot davomiyligi 73,0 yoshni, 2024-yilga kelib esa 75,1 yoshni tashkil etgan.
“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, uzoq umr koʻrishning eng muhim ijtimoiy omili – ijtimoiy faollik hisoblanadi.
Respondentlarning 76,3 foizi faol ijtimoiy hayot tarzi insonni ruhan va jismonan sogʻlom saqlashini taʼkidladi. Bu tendensiya ayollar (76,4 foiz) va erkaklar (76,0 foiz) oʻrtasida deyarli bir xil darajada namoyon boʻldi.
Genetik omillar ham ahamiyatli boʻlib, respondentlarning 38,8 foizi ularning oilalarida uzoq umr koʻruvchilar koʻpligi ularning uzoq umr koʻrishiga turtki boʻlgan deb hisoblaydi.
Oʻzbekistonda uzoq umr koʻruvchilar sonining yil sayin ortib borishi sogʻlom turmush tarzi, ijtimoiy faollik va oilaviy munosabatlarning barqarorligini ham koʻrsatadi.









