Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi.
2022 yildan beri stadion ta'mirlanmoqda va jamoa uy o'yinlarini boshqa joyda o'tkazib keldi.
Ta'mirlash ishlari hali yakunlanmagan bo'lsa-da, "Barselona" endi u erda o'ynash huquqiga ega. Amaldagi litsenziya 26 000 tomoshabinga ruxsat beradi, ammo klub rahbariyati bu limit 45 000 gacha oshirilishini taxmin qilmoqda.
Jamoaning 7 noyabrga belgilangan mashg'ulotlari muxlislar uchun ochiq bo'ladi. CHiptalar klub a'zolari uchun 5 evro va keng jamoatchilik uchun 10 evro turadi. Barcha tushumlar xayriya ishlariga sarflanadi.









