Mahalliy sog'liqni saqlash boshqarmasining ma'lumotlariga ko'ra, 150 kishi jarohat olgan.
Avvalroq Balx viloyati gubernatorining vakili Hoji Zayd to'rt kishi halok bo'lganini xabar qilgan edi.
AQSh Geologik xizmati Afg'onistonning Hindukush tog'larida 6,3 magnitudali zilzila sodir bo'lganini xabar qildi. Tadqiqotga ko'ra, epimarkaz taxminan 523 000 kishi istiqomat qiladigan Mozori-Sharif shahridan 37 kilometr shimoli-g'arbda joylashgan. Zilzila o'chog'i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan, deb xabar berdi tass.ru.