Afgʻonistonlik bitiruvchilarning navbatdagi 111 nafariga bakalavr diplomlari topshirildi

    Ta'lim 7 Iyul 2023 1679

    Afgʻon yoshlari endilikda oʻz mamlakati taraqqiyoti uchun ushbu sohalarda mehnat qilishadi.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazida “Oʻzbek tili va adabiyoti” yoʻnalishida tahsil olgan 103 nafar bitiruvchilarga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining hamda “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yoʻnalishida tahsil olgan 8 nafar talabalarga Toshkent davlat transport universitetining bakalavr diplomlari tantanali ravishda topshirildi.

    Tantanali tadbirda viloyat hokimining oʻrinbosari, Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi direktori, Afgʻonistonning Termiz shahridagi Bosh konsuli va professor-oʻqituvchilar hamda afgʻonistonlik talabalar ishtirok etishdi.

    Afgʻonistonlik talaba yoshlarga 4 yil davomida markaz oʻqituvchilari va Toshkent davlat transport universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining malakali professor-oʻqituvchilari dars berishdi. Ularga tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha puxta bilim berildi.

    Oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlangan afgʻon yoshlari endilikda oʻz mamlakati taraqqiyoti uchun ushbu sohalarda mehnat qilishadi.