Joriy yilning birinchi choragida mamlakatimizga 8 milliard 600 million dollar investitsiya keldi.

«Lekin koʻp vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar “investitsiya oʻzi boʻlaveradi”, degan fikr bilan yuribdi, dunyoqarashini haligacha oʻzgartirmagan», — dedi Prezident.

Oʻtgan hafta sohadagi muammolar tanqidiy muhokama qilinib, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari hokimlarining investitsiya boʻyicha oʻrinbosarlariga “hayfsan” berilgan, Kattaqoʻrgʻon, Navoiy, Yangiyoʻl, Jizzax shaharlari, Yangiobod, Mirzaobod, Boʻka va Nukus tumanlari hokimlari ogohlantirilgan.

«Pul tikaman degan tayyor investorlarni masalasini tez-tez hal qilish oʻrniga, koʻp rahbarlar byurokratiya qilgani uchun, sarmoyadorlar ketib qolayapti», — deya qatʼiy eʼtiroz bildirdi davlatimiz rahbari.

Har bir hudud va tarmoq kesimida masʼul rahbarlar faoliyatiga baho berilishi va xulosa qattiq boʻlishi haqida ogohlantirildi.