Tadbirda institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, talabalar, mahalliy hokimiyat vakillari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.

Markaz institut tashabbusi bilan tashkil etilib, yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga oʻrgatish, bandligini taʼminlash va raqobatbardosh mutaxassis qilib tayyorlashga qaratilgan. Unga 10 milliard soʻm mablagʻ institutning byudjetdan tashqari manbalari hisobidan sarflandi.

3 qavatli zamonaviy binoda:

  • Kutubxona
  • Konferensiya zali
  • Media studiya
  • Interaktiv doskalar bilan jihozlangan oʻquv xonalari mavjud.

Markaz doirasida quyidagi innovatsion kurslar yoʻlga qoʻyiladi:

1️. IT va dasturlash – Python, Java, Web-dasturlash yoʻnalishlarida chuqurlashtirilgan mashgʻulotlar

2️. Chet tillari – Ingliz, rus, koreys tillarini intensiv oʻrganish imkoniyati

3️. Kasb-hunar oʻrgatish – Hunarmandchilik, kompyuter savodxonligi

4️. Tadbirkorlik va startaplar – Biznes reja, marketing, moliyaviy savodxonlik boʻyicha treninglar

Shuningdek, markazda “Texnologik taʼlim“ yoʻnalishi talabalari uchun amaliyot maydoni ham yaratilgan.

Yana bir muhim yoʻnalish – Virtual turizm. Bu orqali Shahrisabzning tarixiy va madaniy merosi raqamlashtirilib, dunyo miqyosida targʻib qilinadi.

“Yoshlar markazi“ – bu Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar – kelajagimiz“ konsepsiyasi doirasidagi muhim qadamlardan biri boʻlib, yoshlarning kelajagini mustahkamlashga xizmat qiladi.


Hamkorlik materiali