Ular aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini qoʻllab-quvvatlash, taʼlim olish imkoniyatidan teng foydalanish uchun sharoit yaratish ishlari bilan tanishdi.

“Ushbu uchrashuv bolalar va oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshma tashabbuslarni rivojlantirish uchun yaxshi asos boʻlishiga ishonaman“, — deb yozadi Prezident yordamchisi oʻzining Telegram sahifasida.