Transport vazirligining maʼlum qilishicha, yangi avtobuslar Fargʻona shahrida ikkita yangi yoʻnalishga qoʻyilib har kuni oʻrtacha 10 ming nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishi rejalashtirilgan.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, viloyatda jamoat transportini yanada rivojlantirish maqsadida 2025-yil aprel oyida viloyat transport boshqarmasi va 9 ta tashuvchi korxona rahbarlarining Xitoyga xizmat safari amalga oshirildi. Safar davomida “Zong Tong” va “Asiya Star” kabi mashhur ishlab chiqaruvchilar bilan 384 ta avtobus va mikroavtobus xarid qilish boʻyicha memorandum imzolandi. Loyihaning umumiy qiymati 19,5 mln dollarni tashkil etadi.
Ushbu avtobuslar yozda sovitish, qishda isitish tizimiga ega boʻlib, “GPS” tizimi va har tomonlama videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan.