Qayd etilishicha, musobaqaning soʻnggi kunida +100 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda Oʻtkirbek Toʻraboyev bronza medaliga sazovor boʻldi.

Shu tariqa, hamyurtlarimiz mazkur musobaqani 1 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.

Kumush medal:

  • -52 kg: Muhayyo Ahmatova

Bronza medal:

  • -66 kg: Artyom Shturbabin
  • -73 kg: Hojiakbar Toshev
  • -81 kg: Murodjon Yoʻldoshev
  • +100 kg: Oʻtkirbek Toʻraboyev