Buxoro shahrida avtoturargohda turgan 3 ta avtomobil yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB xabar qildi.

Holat 11:45 da Buxoro shahri Fitrat mahallasidagi Mirakon koʻchasida joylashgan avtoturargohda sodir boʻlgan. Yongʻinni bartaraf etish uchun voqea joyiga uchta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb qilindi. Yongʻin soat 11:50 da oʻt oʻchiruvchilar tomonidan qurshab olinib, soat 12:02 da toʻliq bartaraf etilgan.

Yongʻin oqibatida Lacetti, Captiva va Nexia-2 rusumli avtomobillarning ayrim qismlari yongan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.