“Dunyo“ AAning xabar berishicha, tantanali marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyaye joriy yil aprel oyida boʻlib oʻtgan birinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi“ sammiti yakunlarini yuksak baholadi.
Yevrokomissiya rahbari YEIning Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish tarafdori ekanini tasdiqladi.