Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining xabar berishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 10-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qatarni qabul qiladi.
Maʼlumotlarga koʻra, iTicket kompaniyasi va OʻFA huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda, avvalgi oʻyinlar tajribasidan kelib chiqib, firibgarlik va chiptalarning qalbakilashtirishning oldini olish maqsadida faqat oflayn savdo tartibini joriy etdi.
Chiptalar 3-iyundan boshlab “Humo Arena”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” stadionlaridagi iTicket kassalarida oflayn tarzda sotiladi, deyiladi OʻFA xabarida.