Qayd etilishicha, u bellashuvda 90+ kg vazn toifasida ishtirok etib, barcha raqiblarini ortda qoldirib, 1-oʻrinni egalladi.

Gʻalaba soʻngida u ushbu yutuqni Oʻzbekiston ichki ishlar tizimi xodimlarining jismoniy tayyorgarlik, qatʼiyat va iroda borasidagi yuksak salohiyatining amaldagi isboti ekanligini taʼkidladi.

Shuningdek, mazkur muvaffaqiyat YPX xodimlarining nafaqat xizmatda, balki sport sohasida ham yetakchi va namunali ekanini koʻrsatadi.