Qayd etilishicha, joriy yilning 26-iyun sanasi soat taxminan 18:00 da metropolitenning Paxtakor bekatida harakat tarkibidan tushish chogʻida yoʻlovchilardan biri (3 yoshli qizaloq) hamrohining eʼtiborsizligi natijasida vagon eshigiga oyogʻini qisib olgan.
Shundan soʻng, zudlik bilan unga birinchi yordam koʻrsatilgan va tez tibbiy yordam xizmati chaqirtirilgan. Holat yuzasidan yoʻlovchiga hech qanday ogʻir jarohat yetmagan.
“Tarmoqda tarqalayotgan «Yosh bolani itarvorishdi” mazmunidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi va bu xabarlar yolgʻon maʼlumotdir«, deyiladi metropoliten xabarida.