Qayd etilishicha, 2025/2026-oʻquv yili uchun respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish boʻyicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.

— 2 ta uzrli sababga koʻra respublikaning bir davlat oliy taʼlim muassasasidan boshqa oliy taʼlim muassasasiga yoki bir oliy taʼlim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;

— xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga – “my.uzbmb.uz”.