Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ularning asosiy qismini yengil avtomobillar (jamiga nisbatan ulushi 93 foiz) tashkil etadi.
2025-yilning dastlabki uch oyi davomida avtomobillar soni 79,8 mingtaga oshgan.
2025-yilning 1-aprel holatiga jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining turlari boʻyicha soni quyidagicha:
- yengil avtomobillar – 4 207,6 ming dona;
- yuk avtomobillari – 293,3 ming dona;
- mikroavtobuslar – 7,7 ming dona;
- maxsus transport vositalari – 7,4 ming dona;
- avtobuslar – 6,1 ming dona.