Qayd etilishicha, Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2025-yil 9-sinfini bitirgan o‘quvchilarini 519 ta texnikumning birida o‘qitish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 10-avgustga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Bitiruvchilar davlat granti asosida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllarida o‘qish uchun qabul qilinadi.
Bundan tashqari, ular 14 ta texnikumda tashkil etilgan xalqaro ta’lim dasturi bo‘yicha ham grant asosida o‘qish uchun my.edu.uz platformasi orqali hujjatlarni 10-avgustgacha topshirishlari mumkin.
Ta’lim shakli – kunduzgi.
Platformaga yuklanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar:
- tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta ma’lumotlari;
- 3x4 hajmdagi rangli fotosurat.