Qayd etilishicha, ushbu miqdordagi palovni pishirish uchun eng kam xarajat qilinadigan hudud Qoraqalpogʻiston (98 728 soʻm) boʻlsa, eng qimmati Toshkent shahridir (117 694 soʻm).
Quyida mazkur narxlar hududlar kesimida:
- Qoraqalpogʻiston R. – 98 728 soʻm;
- Andijon viloyati – 105 602 soʻm;
- Buxoro viloyati – 108 499 soʻm;
- Jizzax viloyati – 110 184 soʻm;
- Qashqadaryo viloyati – 111 700 soʻm;
- Navoiy viloyati – 110 044 soʻm;
- Namangan viloyati – 109 119 soʻm;
- Samarqand viloyati – 113 470 soʻm;
- Surxondaryo viloyati – 111 276 soʻm;
- Sirdaryo viloyati – 105 751 soʻm;
- Toshkent viloyati – 113 678 soʻm;
- Fargʻona viloyati – 115 034 soʻm;
- Xorazm viloyati – 106 585 soʻm;
- Toshkent shahri – 117 694 soʻm.
Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:
- kungaboqar yogʻi – 0,3 l;
- piyoz – 300 gr;
- mol goʻshti – 700 gr;
- sabzi – 1 kg;
- guruch – 1 kg;
- noʻxat – 100 gr;
- zira – 10 gr;
- osh tuzi – 20 gr.
Taʼkidlash joiz, yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga toʻgʻri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qoʻshib hisoblanadi.