Uchrashuvda Oʻzbekiston terma jamoasi 4:0 hisobida yirik gʻalabaga erishdi.

Gollar: 1:0 – 20, Akmal Mozgovoy (Husniddin Aliqulov), 2:0 – 67, Otabek Shukurov (penalti), 3:0 – 82, Igor Sergeyev (Otabek Shukurov), 4:0 – 90+3, Aziz Turgʻunboyev.

Oʻzbekiston — Eron oʻrtasidagi final 8-sentyabr kuni Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida soat 19:30da boshlanadi.

3-oʻrin uchun oʻyin esa Oʻmon va Hindiston oʻrtasida 8-sentyabr kuni Tojikistonning Hisor shahrida boʻlib oʻtadi.