Uchrashuvda nomzod sud hokimiyatida adolatni kafolatlash tizimini yaratish, tizimda “qon almashinuvi” jarayonlarini tezlashtirish hamda sohaga yangi avlod vakillarini jalb etish orqali amalga oshirilishi haqida gapirib oʻtdi.
Uning taʼkidlashicha, mustaqil tergov qoʻmitasi tashkil etilib, hech kimga boʻysunmaydigan organ faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Tergovni xolis, haqqoniy, shaffof va halol olib borish taʼminlanadi. Jazoni ijro etish muassasalari Ichki ishlar vazirligidan Adliya vazirligiga oʻtkaziladi.
Jazoni ijro etish muassasalaridan jazoni oʻtab, ozodlikka chiqqan fuqarolarning jamiyatga tez va samarali moslashishi uchun huquqiy asoslar kuchaytiriladi.
Advokatlik instituti isloh qilinib, jozibali advokatura tizimi shakllantiriladi. Sohaga doir qonunchilik asoslari takomillashtiriladi. Moliyaviy imkoniyati cheklangan fuqarolar murojaat qila oladigan, bunda davlat subsidiyalarini koʻzda tutadigan yangi institut tashkil etiladi.