Birlashgan doʻstlar guruhining dushmani kimlar?

    BMTning yuqori darajadagi tadbirida Oʻzbekistonda odam savdosiga qarshi kurash qanday borayotganligi haqida maʼlumot berildi

    Bosh assambleyaning 2014-yil fevral oyida qabul qilingan rezolyutsiyasi bilan belgilangan Xalqaro odam savdosiga qarshi kurash kuni nishonlanishi munosabati bilan videokonferensiya shaklida yuqori darajadagi tadbir boʻlib oʻtdi, deya xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi.

    Tadbir BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (UNODC) tomonidan Belorusning BMT dagi vakolatxonasi bilan birgalikda tashkil etildi. Unda UNODC va BMT- Ayollar, BMTning mintaqaviy va ixtisoslashgan muassasalari rahbarlari, ekspertlar hamjamiyati, nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek, aʼzo davlatlarning BMT dagi doimiy vakillari ishtirok etdilar.

    Uchrashuv chogʻida aʼzo davlatlarning BMTning Savdo boʻyicha transmilliy uyushgan jingyatchilikka qarshi konsepsiyasi qoidalarini bajarishga qanchalar sodiq ekanligi koʻrib chiqildi.

    Shuningdek, BMT Global harakatlar rejasining 10 yilligi bilan bogʻliq majburiyatlarning bajarilishi ham muhokama qilindi.

    Tadbir davomida huquqni muhofaza qilish idoralari va Guruh mamlakatlarining huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, idoralararo hamkorlik potensialini yaxshilash va ishonchli himoya tizimini ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.

    Tadbirda Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor ibragimov soʻzga chiqdi. U yigʻilish ishtirokchilariga mamlakatimiz hukumati tomonidan odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

    Oʻzbekiston Prezidentining Farmoniga binoan odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy maʼruzachining idorasi tashkil etilib, u davlat rahbariga mamlakatdagi va dunyodagi ayni sohadagi mavjud vaziyat haqida yillik hisobotni taqdim etadi. Shunga koʻra, aybdorlarni himoya qilish va jazolash choralari koʻrilmoqda.

    Shuningdek, Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligidagi odam savdosiga qarshi kurashish va majburiy mehnatdan foydalanish boʻyicha Milliy komissiyaning faoliyati samaradorligi va muvofiqlashtirilgan oʻzaro taʼsirini taʼminlash maqsadida milliy va mintaqaviy darajadagi oʻzini oʻzi boshqarish organlari, NNT va boshqalarning saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan maʼlumotlar taqdim etildi.

    Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xabardor qilishda davom etayotgan umummilliy aksiyalarning ahamiyati, shuningdek, Toshkent shahrida tashkil etilgan odam savdosi qurbonlari reintegratsiyasi boʻyicha zamonaviy markazning faoliyati, unda malakali shifokorlar, yuristlar, psixologlar va boshqa mutaxassislar ularga ijtimoiy moslashishda har tomonlama yordam koʻrsatmoqda.

    Taʼkidlash joizki, Odam savdosiga qarshi Birlashgan Doʻstlar Guruhi Birlashgan Millatlar tashkilotiga aʼzo 23 davlatni qamrab olgan boʻlib, ular orasida Misr, Bangladesh, Bahrayn, Hindiston, Qatar, Singapur va boshqa davlatlar mavjud. MDH da esa Markaziy Osiyo, Belorussiya va Rossiya davlatlari uning aʼzolari hisoblanadi.

    Ochiq aʼzo davlatlarning ushbu norasmiy ixtiyoriy birlashmasining asosiy vazifasi odam savdosiga qarshi global kurashni jonlantirish va kuchaytirishdir. Demak, ayni kunda odam savdosiga yoʻl qoʻyayotgan, begunoh ayollar va bolalarni jabrlayotganlar Birlashgan Doʻstlar Guruhining dushmanlaridir.