Alisher Navoiy ijodi har zamon, har bir davr uchun saboq bo'ladigan o'lmas g'oyalar, fikr va qarashlar ummonidir. Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to'g'risida”gi qarorda zamonamizning ma'naviy ehtiyojiga malham, muammolariga echim bo'la oladigan bu o'lmas chashmani asrab-avaylash va targ'ib qilish borasida muhim vazifalar belgilangan. Alisher Navoiy tavalludining
580 yilligini nishonlash bo'yicha tashkiliy qo'mita a'zosi, filologiya fanlari doktori, professor Aftondil eRKINOV bilan ushbu qarorda belgilangan vazifalar mohiyati, bebaho merosimizni o'rganish va yosh avlodga o'rgatish jarayonidagi dolzarb vazifalar xususida suhbatlashdik.

— Suhbatimiz avvalida aynan joriy yilda o'zbek tiliga bo'lgan e'tiborning kuchaygani bevosita Alisher Navoiy dahosiga bo'lgan ehtirom bilan chambarchas bog'liq ekaniga to'xtalib o'tsak. To'g'ri, har yili ulug' shoirimizning tavallud ayyomini adabiyot va ma'rifat bayrami sifatida nishonlab, bir qator tadbirlar, mushoiralar o'tkazib keldik. Lekin bu tadbirlardan ko'nglimiz to'lmayotgan edi...

 

— Turk nazmida chu men tortib alam,

Ayladim ul mamlakatni yakqalam, —

deganida Alisher Navoiy haq edi. Sababi, u o'z ijodi orqali turkiy millat va elatlarni yakqalam qila oldi, birlashtirdi. Nafaqat o'zbek tili, balki o'nlab turkiy tillarning badiiy jihatdan mukammallik kasb etishida Alisher Navoiyning qilgan sa'y-harakatlari beqiyos. Zotan, bir yilcha ilgari xorijiy konferentsiyadagi uchrashuv chog'ida turkiyalik hamkasbimiz: “Modomiki Er yuzining qaysidir burchagida turkiy tildagi so'z yangrar ekan, bu tilda gapiruvchi har bir inson Alisher Navoiydan minnatdor bo'lishi shart”, deganida nihoyatda faxrlangan edik.

Prezidentimiz tomonidan “O'zbek tili bayrami kunini belgilash to'g'risida”gi qonun imzolanganida beixtiyor ko'zimga yosh keldi. Hozirgi paytda bu haqda gapirish juda oson. Lekin biz tengi avlod o'z ko'zimiz bilan guvoh bo'lganmiz o'zbek tili davlat tili bo'lish uchun ma'rifatparvar yurtdoshlarimiz, shoir va yozuvchilarimiz, ziyolilarimiz qanchalar jonfido bo'lib kurashganiga. Juda og'ir kunlar, tortishuvlar, munozaralar bo'lib o'tgan. Allohga shukrki, ne-ne insonlar orzu qilgan kunlarni ko'rish bizga nasib etdi.

Ta'kidlash lozimki, til gegemonligi uchun kurashni bizga Alisher Navoiy bobomiz boshlab bergan. Fors tili O'rta Osiyoda ming yil davomida hukmronlik qilgan. “YOsh shoirlar she'rlari katta ustozlar nazariga tushishi uchun fors tilida ijod qilishar edi”, deydi Navoiy bir asarida. SHunday bir sharoitda Alisher Navoiy turk tilini himoya qilish uchun katta maydonga chiqadi. Hatto Husayn Boyqaroga aytib, ijodkorlar turk tilida ijod qilsinlar, degan mazmunda farmon chiqartirishga ham erishadi. “Muhokamat ul-lug'atayn” asarida turk tilini fors tili bilan solishtirib, ushbu tilning afzalliklarini ochib beradi. SHuningdek, turkiy tilning poydevori mustahkam bo'lishi uchun 100 000 misradan iborat noyob ijod namunasini biz avlodlarga meros qilib qoldirdi. “Majolis-un nafois”da qayd etilishicha, Navoiy davridagi 400 nafar shoirning 30 nafarigina turkiy tilda ijod qilgan. O'sha davr muhitida bu 30 nafar shoirning ijod qilishi oson bo'lmagan. Prezidentimiz bejiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlash to'g'risidagi hujjatni O'zbek tili bayrami kuni oldidan e'lon qilmadi. Bu jarayonlar mantiqan bir-birini to'ldirib, elimiz ma'rifati va ma'naviyatini yuksaltirishda juda katta ahamiyat kasb etadi.

 

— Qarorda Alisher Navoiy hayoti va ijodini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda keng o'rganish va targ'ib qilish maqsadida Prezidentimizning ­“Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondini tashkil etish to'g'risida”gi qaror lo­yihasini ishlab chiqishdek muhim vazifa belgilangan. Mazkur fond tashkil etilishi bilan shu paytgacha echimini topmay kelayotgan qaysi muammolar hal bo'ladi?

 

— Aytaylik, siz Alisher Navoiy ijodi bo'yicha biror yangilikni kashf etdingiz yoki biror kitob tayyorladingiz. Nashriyotga olib borsangiz, mablag' so'raydi. Institutga olib borsangiz, bu erda ishlamaysiz-ku, deyishadi. YOki Navoiy davri bilan bog'liq bir izlanish olib bormoqchisiz deylik. Ana shunday kezlarda balki o'sha davrdagi barcha asarlarni o'zida jamlagan ulkan kutubxonasi bor mazkur fond bizga yordam berar. Demak, navoiyshunoslarni qo'llab-quvvatlaydigan, ularning boshini bir joyga qovushtiradigan bir tashkilot bo'lishi juda zarur. Men necha yillardan buyon Alisher Navoiy asarlari bo'yicha tayyorlangan ijodiy va ilmiy ishlarni yig'ish bilan shug'ullanaman. Ularning har birini varaqlash, o'rganish jarayonida juda ko'p yangiliklarni kashf etishingiz mumkin. Mana, yaqinda Ukrainada “Farhod va SHirin” asarini tarjima qilishibdi. SHunga o'xshash asarlarni jamlagan kutubxona tashkil etilishi bizga ko'p ma'lumotlarni o'rganishimizda yordam beradi. Mazkur fond navoiyshunos olimlarni bir davraga yig'ib, munozara va muhokamalar yuritishga imkon yaratib berishiga umid bildiramiz.

Navoiy ijodi orqali xorijliklar ma'naviyatimizni, ruhiyatimizni tanishadi. Xorijlik bir hamkasbimiz: “Navoiydek buyuk shoir faqat o'zbeklarda bor. Uning ijodidan ta'sirlanib yozilgan g'azallar va asarlar nihoyatda ko'pligini ko'rib hayratga tushaman”, degan edi.

 

— SHu bois, Alisher Navoiy asarlari tarjimasiga nihoyatda ehtiyotkorlik va hushyorlik bilan munosabatda bo'lishimiz kerak. SHunday emasmi?..

 

— Albatta, buning uchun esa o'zimiz ­Navoiy davri tili va muhitini sinchkovlik bilan o'rganishimizga to'g'ri keladi. Qolaversa, ilgari Navoiy asarlari asosan rus tiliga tarjima qilingan bo'lib, 1968 yilda 10 jildligi nashr qilingan. Mana shu nashrning o'zi ham qayta-qayta chop etildi. Hozirgi kunda esa ko'proq ing­liz, frantsuz, koreys, xitoy va yapon tillariga ham tarjima qilinishi kerak. CHunki har bir millat o'zining buyuk shaxslari orqali dunyoga taniladi. Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi buyuk shaxslarimiz millatimizni asrab turuvchi ko'hna va boqiy ildizlarimizdir. Faqat bir muammo bor, tarjima jarayonida asarning mazmuniga ta'sir qilishi mumkin. Bitta tilning grammatikasini bilish o'sha tilni to'liq o'rganish ekanini anglatmaydi. O'sha tilda so'zlashadigan xalqning ruhiyatini his qila olish, an'ana va urf-odatlarini o'rganish juda muhim. Buning ustiga, o'rta asr ruhiyatini berish juda murakkab jarayon. SHu o'rinda bir haqiqatni aytib o'tmoqchiman. Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida dars berish jarayonida komp`yuterga bog'lanib qolgan avlodni kuzatdim, ularga Navoiy asarlarini tushuntirish oson bo'lmayapti. Bugun nafaqat chet elliklarga, balki o'z bolamizga ham Navoiy asarlarini o'rgatish juda qiyin kechyapti. O'sha zamondagi mezonlar, talablar boshqacha bo'lgan. Demak, biz hozirgi avlod qalbiga Navoiy asarlarini singdirishning o'ziga xos zamonaviy usullarini izlab topishimiz kerak.

 

— Biz so'z yuritayotgan qarorda ayni jarayon borasida ham muhim vazifalar kiritilgan. YA'ni “... beshta muhim tashabbus doirasida yosh dasturchilarni keng jalb etgan holda Alisher ­Navoiy asarlarining mobil` ilovalarini yaratish va ularni yoshlar o'rtasida ommalashtirish” belgilangan...

 

— Bugungi avlod dunyoqarashi teleg­ram, feysbuk, instagram orqali olamni qabul qilishga moslashgan ekan, biz ana shu vositalardan ham o'rinli foydalana bilishimiz kerak. Masalan, bola telefonini ochganida yaxshi narsaniyam, yomon narsaniyam qiziqib bir ko'rib qo'yadi. SHunchaki bir qarab qo'ysa ham o'sha narsa yoki ma'lumot sekin-sekin uning ongiga joylashadi. Boshida shubha bilan qarasa ham takror-takror o'sha narsaga duch kelaversa, uni haqiqat deb qabul qila boshlaydi. SHu bois, kerakli ma'lumotlarni targ'ib qilishning internetga mos variantini ishlab chiqishimiz nihoyatda zarur.

To'g'ri, Navoiy davri tilini, falsafasi chuqur misralarni tushunish oson emas, iloji boricha kreativ, ya'ni ijodiy usullardan foydalanganimiz ma'qul. Men 30 yildan buyon Navoiy ijodi bo'yicha talabalarga dars berib kelaman. endi ish boshlagan kezlarim, albatta, qiynalganman. Vaqt o'tishi bilan esa tajribam oshib bordi. Bir kuni “Layli va Majnun” dostoni bo'yicha dars o'tgani kirdim. Bahor fasli bo'lgani bois yigit-qizlar dars tinglashdan ko'ra oynadan gullagan daraxtlarga termulib xayol surishni afzal ko'rishyapti. Sevgi maktublarini o'qiganday, xayollari joyidamas. Bunday lahzalarda domlalarning zerikarli va falsafiy ma'ruzasini kim ham tinglardi?.. SHu bois, men ham ishq-muhab­bat haqidagi zamonaviy she'rlardan so'z boshlab, “Layli va Majnun” voqeasini aytishga kirishar ekanman, o'rtaga savol tashladim: “...Majnunning otasi Laylining otasi yoniga borib uning qizini kelinlikka so'rabdi. Qani aytinglar-chi, qizingiz bo'lsa Majnun kabi devona yigitga berarmidingiz?”.  Ana shu savoldan keyin qizg'in munozara boshlanib ketdi. Biri Majnunga, biri Layliga, yana biri qaynotaga, qolganlari qaynonaga aylanishdi. Hatto darslar jarayonida “Bugungi kunda majnunona muhabbat kerakmi?” degan savolni qo'yib insho ham yozdirganman. SHunday paytlarda davra birdan jonlanib ketadi. Va... men ham gapni asosiy mavzuga burib yuboraman. Gap shundaki, talaba siz aytib bermoqchi bo'lgan voqeani o'z yonida sodir bo'layotgandek qabul qilishi kerak. SHundagina yaxshiroq his qilishga, tushunishga harakat qiladi. Men yoshlar bilan tengma-teng bahslashish, ularning ishonchiga kirish uchun ular yoqtirib tomosha qiladigan seriallarni ko'rishga, tinglaydigan qo'shiqlarini o'zimni majburlab bo'lsa ham tinglashga harakat qilaman. Dars paytida ular bergan savolga ham javob bera olishim kerak. “Anavi mashhur qo'shiqni eshitdim, menga mana bu joylari yoqmadi”, desam tala­balarning ko'zlari chaqnab: “Yo'g'-e, siz ham eshitasizmi shu qo'shiqni?” deya ajab­lanishadi. Bugungi avlod bizni hurmat qilishini istasak, biz ham ularni hurmat qila olishimiz kerak bo'ladi.

SHu o'rinda yana bir mulohaza. Ijod ahli o'z qo'shig'i, she'ri va hikoyasi bilan ham yoshlarning ruhiyatiga ta'sir qila olishlari juda muhimdir. SHu bois, ijodkorlarimiz o'z ustilarida ko'proq izlanishsa, o'zbek tilini yaxshilab o'rganishsa, juda yaxshi bo'lar edi. CHunki ular muomalaga kiritgan so'zga o'z-o'zidan atrofdagilarning qiziqishi ham paydo bo'ladi.

 

— Siz ayni paytda O'zbekistonga oid xorijiy madaniy boyliklarni tadqiq etish markazida ham faoliyat yurityapsiz. Mazkur markaz chet davlatlarda saqlanayotgan, ­Alisher ­Navoiy qalamiga mansub va u yashagan davrga oid qo'lyozmalarning faksimile nusxalarini mamlakatimizga olib kelish borasida qisqa muddatda juda katta ishlarni amalga oshirdi. SHu kungacha mutafakkir shoirimizning ijodiy merosini chuqur o'rganish va ommalashtirishga o'z hissasini ­qo'shib kelayotgan qaysi olimlar hamda ilmiy-ijodiy muassasalarning iz­lanishlarini ta'kidlab aytgan bo'lardingiz?

 

— Xorijda o'zbek mumtoz adabiyotini o'rganish boshlanganiga ancha bo'ldi. Xususan, Alisher Navoiy va uning ijodi g'arb olimlarining diqqat markaziga tushganidan beri bir necha asr o'tdi. Afsuski, XX asrda sho'ro tuzumi siyosati oqibatida ma'naviy va ilmiy aloqalar uzilib qolgani bois xorijdagi o'zbek adabiyoti tadqiqotchilarining izlanish­laridan ko'p jihatdan bexabar va bebahra qoldik. endilikda g'arb olimlari va ular yaratgan ilmiy asarlar bilan tanishish imkoni kengayib bormoqda.

Mumtoz adabiyotimiz tadqiqotchilarining keyingi yuz yildagi taniqli vakillari sifatida kanadalik Mariya Sabtel va elizar Birnbaum, germaniyalik Ingeborg Baldauf va Zigrid Klayn­mihel, Vengriyadan Benedek Peri va Ferench CHirkes, frantsiyalik Mark Toutant, turkiyalik Fuod Ko'prulzoda, Zaki Validi To'g'on, Kamol eraslan, Osman Sertkaya, Tanju Seyhan, ozarbayjonlik Hamid Orasli, Jannat Nag'ieva singari olimlarni aytish mumkin.

Germaniyalik doktor Zigrid Klaynmihel yarim asrdan beri o'zbek adabiyoti bilan shug'ullanib kelmoqda. O'zbek tilida juda ravon so'zlasha olishidan tashqari, eski o'zbek tilidagi qo'lyozmalar ustida ham ishlaydi. Keyingi bir yarim asr davomida Farg'ona vodiysi va Xorazmdagi o'zbek ayollari marosimlarida o'qilgan qo'lyozma asarlar tahliliga bag'ishlangan kitobi nashr qilingan. Hozirgi paytda u o'zbek adabiyotini tadqiq etayotgan faol olimlardan biri. Bu yo'nalishdagi ilmiy faoliyatini 1901-1934 yillardagi o'zbek adabiyotini o'rganishdan boshlagan va shu davrdagi so'z san'atiga oid kitobini nemis tilida chop ettirgan. 1990-2000 yillarda Z.Klaynmihel Alisher Navoiy ijodi bo'yicha maqolalar yozdi. Jumladan, “Alisher Navoiy va Ahmad Posho” nomli bir yuz o'ttiz besh sahifadan iborat tadqiqotini e'lon qilgan. Bundan tashqari, “Alisher Navoiy va usmonli shoirlari” nomli maqolasi ham chop etilgan. Bu maqolalarda Alisher Navoiy ijodining usmonli turk adabiyotiga ta'siri, Navoiy asarlarining so'nggi besh yuz yil mobaynida usmonli turk tiliga qilingan tarjimalari haqida so'z yuritiladi. Olima o'zbek adabiyotiga doir tadqiqotlarini davom ettiryapti.

Professor Benedek Peri esa Budapesht shahrida yashaydi. SHarqshunoslik instituti direktori, ayni paytda etosh Lorand universiteti turkiyshunoslik kafedrasi mudiri, shu universitetda ing­liz, fors va turkiy tillarni o'rgangan. Universitetni 1992 yili tamomlab, turkiy adabiy matnlar bo'yicha mutaxassis bo'lib etishgan. Mazkur turkiyshunoslik kafedrasi O'rta Osiyo turkiy matnlarini o'rganish bo'yicha boy an'anaga ega. Kafed­raga 1870 yili Arminius (Armin) Vamberi (1832-1913) asos solgan. Venger turkiyshunosligi maktabiga mansub Benedek Peri talabalik davridan boshlab o'zbek adabiyotini o'rganishga qiziqqan. SHayboniy, Sakkokiy, Turdi, Uvaysiy, Izzat Sulton, Uyg'un, Zulfiya, Nazir Safarov, Said Ahmad kabi adabiyotimiz namoyandalari ijodi bo'yicha tadqiqotlar olib borgan. Olim ilmiy qiziqishlarining katta qismini o'zbek mumtoz adabiyoti masalasiga oid izlanishlar egallaydi. So'nggi yillarda Benedek Peri ko'proq Alisher Navoiy ijodi bilan mashg'ul bo'ldi va maqolalar e'lon qildi. Masalan, O'zbekistonda uning usmonli turklar sultoni Salim I ning (1512-1520) fors tilidagi g'azallari haqida inglizcha maqolasi chiqdi. Olimning kuzatishlari qiziqarli: Navoiydan keyin yashagan sulton Salim fors tilida devon tuzgan va g'azallarida fors adabiyoti klassiklariga ergashgan. Ayni paytda, Navoiyning “Devoni Foniy”dagi yigirmata g'azali ta'sirida she'rlar yaratgan. Benedek Perining asosiy xulosasi muhim: sulton Salim va Navoiy forsiy devonlari she'rlaridagi o'xshashlik shuni ko'rsatadiki, XVI asr boshidan Navoiy forsiy lirikasi fors mumtoz adabiyotining bir qismi deb tan olingan. 2017 yili olim Toshkentga Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag'ishlangan anjumanga kelganida ­Navoiy haykali poyida ma'ruza qilgan edi. Bugungi kunda Benedek Peri “Boburnoma”ning mojor tiliga tarjimasi ustida ishlamoqda.

 

— Navoiy shahrida o'tkazilishi belgilangan “Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotidagi o'rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyadan nimalarni, qanday yaxshi natijalarni umid qilyapsiz? Ushbu konferentsiyada qaysi yosh navoiyshunos tadqiqotchilar ishtirok etishini istaysiz?

 

— Har bir sohadagi tadqiqotchi yoki olim o'zidan keyin keladigan avlodni yaratish va shu yo'nalishda ishlashni faoliyatining bir qismi deb bilishi kerak. To'g'risini aytish lozim, hozirgi kunda aksariyat yoshlar aniq fanlarga qiziqadi. Ularni gumanitar fanlarga ham qiziqtira olishimiz, tarbiya va ma'naviyatga katta e'tibor qaratishimiz lozim. Farzandlarimiz qaysi sohani tanlamasin, uning adabiyotga, san'atga, go'zallikka bo'lgan ehtiyoji ham yuqori saviyada bo'lishini istayman. Gumanitar fanlar orqali yangi avlodning ma'naviy olamini yuksaltira olsak, millatimiz ruhiyatini ham yuksaltirgan bo'lamiz.

 Navoiy shahrida o'tkazilishi mo'ljallangan xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada, albatta, yosh olimlar ishtirok etadi. YOsh navoiyshunoslar safi bugungi kunda ancha siyraklashib qolgan. CHunki sovet zamonida odamlarimiz mumtoz adabiyotdan atay uzoqlashtirilgan, qo'l­yozmalar johillarcha yoqib yuborilgan, fikrlaydigan odamlar qatl qilib yuborilgan. Bu jarayonlar millatimiz ruhiyatiga jiddiy ta'sir ko'rsatgan. Aksariyat yoshlar zamonaviy adabiyot bilan shug'ullanib iloji boricha tezroq yutuqlarga erishishni istaydi. Qolaversa, raqamli texnologiyaga bog'lanib qolgan yangi avlodni mumtoz adabiyotga qiziqtirish juda qiyin. Ular moddiy tomondan katta foyda ko'radigan sohalarni ko'proq ko'zlashyapti. Mumtoz adabiyot bilan shug'ullanish sabr va matonatni talab qiladi. SHukrki, ayni paytda o'z bilimi va harakatlari bilan Alisher Navoiy ijodini o'rganayotgan iste'dodli yoshlarimiz ham astoydil izlanish­lar olib borishmoqda. Rustam Jabbor Navoiyning xorijdan topilgan yangi qo'lyozmasi bo'yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlash arafasida. SHerxon Qoraev Alisher Navoiy ijodidagi adabiy majlislar bo'yicha ilmiy ish olib bormoqda. Akrom Malik, Oysara Madalieva ham yangi topilgan qo'lyozmalar bilan shug'ullanib, tinimsiz izlanish­lar olib borishmoqda.

 Umid qilamizki, mazkur qaror ijrosidan so'ng navoiyshunoslarning yana bir yangi avlodi ulg'ayadi va mutafakkir bobomizning asarlarini anglaguvchi, umum­insoniy g'oyalar atrofida birlashib, ezgu maqsadlarni amalga oshirguvchi, bilimli hamda ma'nan oliyjanob yoshlar safi kengayib boradi. Zero, Alisher Navoiy bobomiz ta'kidlaganlaridek:

Gar yo'qtur adab, ne sud oltun unidin,

elning adabi xushroq erur oltunidin.

 

“YAngi O'zbekiston” muxbiri

Muxtasar TOJIMAMATOVA

suhbatlashdi.