G'alaba bog'iga tashrif talabalarga nima beradi?

    O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo'ylab davom etayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filialining 1-kurs talabalari «Shon-sharaf» davlat muzeyi, «Mangu jasorat» va «Matonat madhiyasi» monumentlarini, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalarni o'z ichiga olgan «G'alaba bog'i» yodgorlik majmuasiga bordilar.

    Talabalarning Shon sharaf muzeyiga tashrifi ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Sababi, ular ikkinchi jahon urushi janglarida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini ko'rsatgan ko'pmillatli O'zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk G'alabani ta'minlashga qo'shgan munosib hissasi, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning nomlarini abadiylashtirilganligi hamda O'zbekiston xalqining yurtimizga evakuatsiya va deportatsiya qilingan turli millat vakillari, xususan, bolalarning bag'rikenglik bilan kutib olinishi va ularga har tomonlama amaliy yordam ko'rsatilishi singari tarixiy voqealarning guvoxi bo'lishdi.

    Bundan tashqari, G'alaba bog'i majmuasi o'ng tomonidan Ikkinchi jahon urushi davrida 1941-1945 yillarda g'alabaga erishish uchun qo'llanilgan harbiy texnikalar, qurol-aslahalar joylashtirilib, urush davriga oid instalyatsiyalar (blindaj, okop, dala tibbiyot punkti, dala oshxonasi, partizanlar shaharchasi va hokazolar) bog' aylanasi bo'ylab, yaxlit bir kompozitsiya sifatida barpo etilganligi talabalarni yanada ruhlantirdi.

    Eksponatlar O'zbekiston xalqining xissasini aks ettiradigan bog'ning muxim qismi bo'lgan Shon-sharaf muzey ajdodlari, urush va mexnat faxriylariga bo'lgan yuksak iftixor va extirom tuyg'ularini uyg'otdi.

    Aynan shunday unutilmas joylarni ziyorat qilish orqali tarixiy xotira qaytadi, o'z vatani uchun minnatdorchilik va g'urur hissi paydo bo'ladi. Biz o'sha fojiali voqealarni va ulkan yo'qotishlarni unutolmaymiz. Odamlar o'limga, ochlikka, yaqinlarini yo'qotishga ko'nikolmaydilar. Shu xissiyotlar tufayli, biz shu kungacha ajdodlarimizning buyuk ishini eslaymiz va yashash huquqi uchun ularga minnatdormiz. Vatanparvarlik tarbiyasi va o'z mamlakati va xalqi madaniyatiga hurmat bilan munosabatni shakllantirish muammosi har kuni va bosqichma-bosqich hal etilishi kerak, bu erda madaniy va tarixiy yodgorliklar muhim tarbiyaviy va insonparvarlik rolini o'ynaydi.

    Xulosa qilib aytganda, ushbu tadbir ma'lum bir darajada ezgu yo'llardan biri – sevimli Vatanimiz va xalqimizni manfaatlarini himoya qilish uchun xuquqni muxofaza qilish tuzulmalarida xodim va harbiy xizmatchi bo'lishni o'zining eng yuksak maqsadi sifatida tanlagan talaba yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg'usini shakillantirishga va tarbiyasiga ta'sir qiladi.

    Agzam Mirzaev, Farrux Dosumxo'jaev,

    Toshkent davlat yuridik universitetining

    Ixtisoslashtrilgan filiali o'qituvchilari