баннер
24 Apr 2025
03:51

    Go'sht narxi qimmatlashishiga sabab nimada?

    Mutaxassis izohicha bu borada vaziyat barqaror. Haqiqatda shundaymi?

    Bugun yurtimizda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgani aholining sifatli oziq-ovqat, jumladan, go'sht va go'sht mahsulotlariga ehtiyojlarini ta'minlashga xizmat qilmoqda.

    Global iqlim o'zgarishi sharoitida chorva mollarini oziqlantirish va bosh sonini ko'paytirish ishlari birmuncha mashaqqatli bo'lishiga qaramay, qo'shni davlatlarga nisbatan O'zbekistonda go'sht va go'sht mahsulotlarini etishtirish ko'rsatkichida muttasil o'sish kuzatilyapti. Jumladan, 2024 yil yakunida barcha toifadagi xo'jaliklarda parvarishlanayotgan qoramollar soni 14,4 million, qo'y va echkilarniki — 24,6 million, parrandalarniki — 106,6 million boshga etkazilgan. Natijada 2,9 million tonna tirik vaznda go'sht, 12,4 million tonna sut va 8,8 milliard dona tuxum olingan.

    Ushbu ko'rsatkich 2020 yildagi raqamlar bilan taqqoslanganda go'sht etishtirish hajmi 120 foiz, yirik shoxli qoramol soni 113 foiz, mayda shoxli chorva soni 112 foiz ko'payganini ko'rish mumkin.

    Bundan tashqari, oxirgi besh yilda xorijiy davlatlardan 733 ming bosh qoramol va 792 ming bosh qo'y-echki olib kelindi. Veterinariya qo'mitasi tashabbusi bilan Mo'g'ulistondan mamlakatimizda oldin bo'lmagan bayat zotli qo'ylar olib kelinib, mahalliy qo'y zotlari bilan chatishtirish orqali yangi zot yaratish ishlari bajarilmoqda.

    CHorvachilik tarmoqlarining rivojlanishi ozuqa bazasi bilan ham bog'liq, albatta. Bu borada yurtimizda ulkan islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Prezidentimizning joriy yil 30 yanvardagi “YAylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga asosan mamlakatdagi 16 million gektar yaylovni boshqarish vakolati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasiga o'tkazildi.

    Bir necha kundan buyon turli ommaviy axborot vositalari, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda O'zbekistonda qo'shni davlatlarga nisbatan go'sht narxi ko'tarilgani muhokama qilinmoqda. Xususan, mamlakatimizdagiga qaraganda Qozog'istonda go'sht narxi nisbatan arzonligi aytilmoqda.

    Buning o'ziga xos sabablari bor. SHu o'rinda quyidagi dalillarga e'tibor qaratsak. Avvalo, Qozog'istonda yaylovlar 184,4 million gektardan ortiq yoki barcha qishloq xo'jaligi erining 84,1 foizini tashkil etadi. SHuningdek, yaylovlarning hosildorligi bizdagiga nisbatan 5-8 tsentner yuqori.

    Bundan tashqari, qo'shni davlatda chorva uchun ozuqabop ekinlar etishtirishga ajratilgan jami sug'oriladigan er maydoni 3,3 million gektarga teng yoki bir shartli bosh mol soniga o'rtacha 0,59 gektardan to'g'ri keladi. Aholi jon boshi esa O'zbekistondagiga nisbatan 46,4 foiz kam, ya'ni 20 million 200 ming kishi. Ushbu ko'rsatkichlardan kelib chiqib, holatni chorvani oziqlantirish xarajati kamayishi va etishtirilgan mahsulotning aholi o'rtasida taqsimlanishi bilan izohlash mumkin.

    O'zbekistonda 16 million gektar yaylov bo'lib, qariyb 30-40 foizi degradatsiyaga uchragan. Hosildorligi esa 1-2 tsentnerni tashkil etadi. YAylov hosildorligi bevosita iqlim bilan bog'liq. YOg'ingarchilik ko'p bo'lgan yillari yuqori, yog'ingarchilik oz pallada esa kam hosil olinadi. O'zbekistonda chorva uchun ozuqabop ekinlar etishtirishga ajratilgan jami sug'oriladigan er maydoni 430,1 ming gektar yoki bir shartli bosh mol soniga o'rtacha 0,19 gektar to'g'ri keladi. Boshqacha aytganda, belgilangan me'yorga nisbatan har bir shartli mol bosh soniga 0,11 gektar yoki 36,7 foiz kam.

    CHorva mol bosh soni esa qo'shni davlatdagiga nisbatan 117 foiz ko'p. Qozog'istonda yirik shoxli mollar soni 6,6 million, mayda shoxli chorvaniki esa 18,6 million bosh.

    Mazkur ma'lumotlar O'zbekistonda chorvani oziqlantirish borasidagi imkoniyatlar Qozog'istondagiga qaraganda cheklanganini ko'rsatmoqda. SHunday bo'lishiga qaramay, mamlakatimizdagi shahar va qishloqlardagi bozorlar, yirik savdo majmualari rastasi go'sht va go'sht mahsulotlariga to'la. Narxlar ham qo'shni davlatlardagidan sezilarli darajada farq qilmaydi. eng muhimi, mahsulot bor!

    YAna bir muhim masalaga e'tibor qaratish lozim: xalqimiz go'sht deganda avvaldan faqat mol va qo'y go'shtini tushunadi. Parranda go'shtiga esa u darajada e'tibor qaratmaydi. OAVda go'sht narxi bilan bog'liq maqolalar tahlil qilinganda O'zbekistonda parranda go'shti nafaqat Markaziy Osiyo, balki MDH bo'yicha ham eng past narxda ekani qayd etilmoqda. Jumladan, fevralda parranda go'shtining o'rtacha bir kilogrammi Qirg'izistonda 4,2 dollar, Qozog'istonda 3 dollar, O'zbekistonda esa 2,4 dollarga baholangan.

    Parranda go'shti narxi bo'yicha e'lon qilingan materiallarga ko'ra, 2025 yil fevralida narxlar o'zgarishining eng yuqori oylik dinamikasi Rossiyada kuzatilgan – 7,4 foiz. Qozog'istonda bu ko'rsatkich 4,4 foiz, O'zbekistonda esa 0,3 foizni tashkil etgan. Demak, yurtimizda parranda go'shti narxi deyarli ko'tarilmagan.

    Narxlar oshishi haqida gap ketganda, O'zbekistondagi vaziyat barqaror ekanini ta'kidlash lozim. BMTning oziq-oqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ma'lumotiga ko'ra, Markaziy Osiyo mamlakatlarida narx dinamikasining oshishi faqat fevralda kuzatilgan. Jumladan, Qozog'istonda 4,2 foiz, Qirg'izistonda 3,5 foiz, O'zbekistonda 3,1 foiz ko'tarilgan. Ushbu ko'rsatkichlar ham yurtimizda narx o'sish dinamikasi barqaror ekanidan dalolat beradi.

    Xalqaro tadqiqotchilar fikricha, global iqlim o'zgarishi inflyatsiyani tezlashtirmoqda. Oziq-ovqat, tovarlar va xizmatlar narxi kelgusi yillarda yanada o'sishi mumkinligi prognoz qilinmoqda.

    Potsdam iqlim ta'sirini o'rganish instituti va Germaniyadagi Evropa Markaziy banki tadqiqotchilari haroratning ko'tarilishi 2035 yilgacha inflyatsiyani har yili o'rtacha 1,2 foiz oshirishi mumkinligini ta'kidlamoqda.

    SHunday bo'lsa-da, mamlakatimizdagi oqilona siyosat va chorvachilik tarmoqlarining davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi tufayli go'sht va go'sht mahsulotlari etishtirish, qayta ishlash va aholi dasturxoniga etkazib berishda barqaror va mustahkam tizim yaratilganini alohida ta'kidlash joiz.

    Mamlakatimizning zahmatkash chorvadorlari matonati va shijoati bilan global iqlim o'zgarishi sharoitida ham chorva mollarini parvarishlab, xalqimiz dasturxoniga mo'l go'sht va go'sht mahsulotlarini tortiq etib kelmoqda.


    Jaloliddin AZIMOV,

    O'zbekiston Fanlar akademiyasi

    akademigi

    Telegram kanalimiz
    Text to speech