«Ipak Yo'li» banki 2020 yil 9 iyundan boshlab O'zbekistonda birinchi bo'lib barcha bankomatlar orqali naqd so'mga naqd AQSH dollari sotish xizmatini yo'lga qo'ydi. 

Bir martada 100 AQSH dollarini valyuta ayirboshlash shoxobchalari kursi bo'yicha sotib olish mumkin. SHunchaki bankomatga naqd so'm kiriting, uskuna esa sizga 100 AQSH dollari va, zarurat bo'lsa qaytim beradi. Ushbu funktsiya bank ofislari yonida o'rnatilgan bankomatlardan boshlab, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

2018 yilda «Ipak Yo'li» banki Cash-in funksiyasiga ega bo'lgan 200 ta bankomatning katta partiyasini sotib olgandi va birinchilardan bo'lib naqd pulni AQSH dollarlarida naqd pulga almashtirish xizmatini ishga tushirdi. Bu safar bank ushbu yo'nalishda ustunlikni boy bermaslikka qaror qildi.

Hozirgi kunda butun mamlakat bo'ylab valyuta ayirboshlash funksiyasiga ega 700 ga yaqin bankomatlar o'rnatilgan (O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining telegramdagi sahifasi xabar https://t.me/centralbankuzbekistan/1581) bo'lib, ularning 194 tasi «Ipak yo'li» banki tomonidan o'rnatilgan. 2020 yilning ikkinchi yarmida bank mamlakat bo'ylab qo'shimcha 100 ta bankomat o'rnatishni rejalashtirmoqda.

Bunday xizmat ko'rsatuvchi bankomatlar aniq manzillarini bank saytida yoki Ipak Yo'li Mobile ilovasini yuklab olish orqali topishingiz mumkin.