Iste'molga yaroqsiz yog' mahsulotlarini ishlab chiqarayotganlar qo'lga olindi

    Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo'rg'on tuman bo'limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o'tkazildi. Unda tumandagi “J.J.” MCHJ rahbari J.M. qarindoshi M.Sh.ga tegishli noturar binoda yashirin sex tashkil etib, iste'molchilarning hayoti va sog'lig'i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog' mahsulotlarini ishlab chiqarayotgani aniqlanib, 350 litr yog', 13 330 kg chigit, 1 dona juvoz uskunasi va boshqa tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Mazkur holat yuzasidan JKning 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.