“Ushbu oʻlim holatlarining aksariyatini oldini olish mumkin, — deydi u. — Buning uchun, eng avvalo, aholining immuniteti zaif qatlami xastalikka qarshi vaksinalar bilan «himoyalanishi” kerak».
Qayd etilganidek, kuz-qish mavsumida gripp va koronavirusga chalinish xavfi ortadi. Ushbu kasalliklar katta yoshli kishilar, homilador ayollar va immuniteti zaif hamda surunkali kasalliklari bor odamlarda ogʻir asoratlar bilan oʻtishi mumkin.
Shu bois mazkur xavf guruhiga mansub qatlam bu davrda oʻz sogʻligiga yanada eʼtiborli boʻlishlari lozim. Buning uchun JSST 5 ta eng asosiy ehtiyot chorasiga amal qilishni tavsiya qiladi.
- Emlanish — mavsumiy respirator infeksiyalardan himoyalanishning eng maqbul yoʻli.
- Gripp, OʻRVI, SOVID-19ga chalinganlar shifokorga murojaat qilishlari va imkon qadar uyda qolib davolanishlari zarur.
- Jamoat joylarida niqob taqish — sizni xastalikni yuqtirishdan asraydi.
- Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilib, qoʻllarning tozaligiga rioya qilish muhim.
- Xonalarni tez-tez shamollatib turish tavsiya etiladi. Bu viruslarning koʻpayishi va keng tarqalishiga toʻsiq boʻladi.
Doktor Xans Klyugening taʼkidlashicha, ana shunday holatlarni inobatga olib, bu yil JSST tomonidan “Sizga qanday xavf tahdid solayotganini oʻzingizdan koʻra hech kim yaxshiroq bilmaydi” shiori ostida targʻibot kampaniyasi eʼlon qilindi.