– Koronavirus pandemiyasining dastlabki yili butun insoniyat uchun ogʼir sinov boʼldi. Oʼshanda eng asosiy eʼtibor, avvalo, bemorlar hayotini saqlab qolish va kasallik keng tarqalishining oldini olishga qaratildi.
Vaqt oʼtishi bilan tibbiyotda bu xavfli infektsiya bilan kurashishning samarali yoʼllari topildi. Davolash standartlari takomillashtirildi. Eng muhimi, COVID-19ga qarshi vaktsinalar yaratildi.
Аmmo koʼp oʼtmay, koronavirusning yana bir xavfli jihati maʼmum boʼldi. Yaʼni uning ogʼir asoratlari! Ushbu holat SOVID-19ni boshdan kechirgan baʼzi bemorlarda son suyagi, yelka, tizza boʼgʼimlarining yemirilishi bilan kechayotgani sir emas. Bu — dunyo olimlarining ilmiy xulosasi.
Аgar statistik tahlillarga murojaat qilsak, pandemiyagacha boʼlgan davrdan to hozirgi kungacha mazkur xastalikka chalingan bemorlar soni 3-4 barobar ortganini koʼramiz.
Oqibatda ushbu kasallikning ogʼir bosqichlarida yuqori texnologik operatsiya hisoblanadigan endoprotezlash amaliyotiga muhtoj bemorlar soni koʼpayib bormoqda.
Toʼgʼri, koronavirus pandemiyasi boshlanmasidan avval ham avaskulyar nekrozdan aziyat chekuvchi yurtdoshlarimizdan murojaatlar boʼlardi. Аmmo ularning soni hozirgi paytdagi singari koʼp emasdi.
Bugunga kelib tibbiyot markazimizda shunday dardga chalingan mingdan ortiq bemorlarning reestrini shakllantirganmiz. Tahlillar asnosida koʼryapmizki, ularning aksariyati koronavirusga qarshi emlanmagani oqibatida kasallikni ogʼir oʼtkazgan.
Ustiga-ustak, shifokor tavsiyasisiz, uy sharoitida turli antibiotik, gormon preparatlarini palapartish qoʼllagan. Oqibatda vaqt oʼtishi bilan suyaklarda yemirilish holatlari yuzaga kelmoqda.
Shunday ekan, dori vositalaridan oʼzboshimchalik bilan foydalanish turli ogʼir asoratlarni keltirib chiqarishini unutmaylik.
Qolaversa, yurtdoshlarimizga COVID-19ga qarshi toʼliq bosqichda va buster dozada, albatta, emalanishlari zarurligini eslatib oʼtaman.