Muhammadjon Quronov:
— Tyutorlik — O'zbekiston oliy ta'lim tizimiga kirib keldi. Tyutorlik tarixda o'zini oqlagan, Evropani Renessansga tayyorlagan tarbiyaviy tizim. Bu tizim mamlakatimizda dastlab Iqtisodiyot universitetida bir necha yil davomida sinovdan o'tdi. Shu ma'noda Iqtisodiyot universiteti – O'zbekistonda tyutorlik harakatining beshigi, desa bo'ladi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Besh tashabbus markazi koordinatori, sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Azizbek Amonovning “Yangi O'zbekiston” gazetasining 2022-yil 26-mart 61 (583)-sonidagi maqolasi o'zining innovatsion ruhi bilan odamni o'ziga tortadi. Unda oliy ta'lim tizimidagi tarbiyaviy ishlarni modernizatsiya qilishda t`yutorlar mehnati, mahoratining roli ochib berilibdi.
Maqola samimiy, maroqli chiqqan. Talabalar tarbiyasida uchragan muammolar va ularni hal qilishda tyutorlarning roli ochib berilibdi. Masalan, unda o'tgan davrlarda oliy ta'lim muassasasida “kurator” qanday ishlagani tasvirlangan. “Ma'lumki,”, deydi muallif. Yaqin yillargacha OTMlarda murabbiylik tizimi asosida ish olib borilardi. Bunda murabbiylik tizimi professor-o'qituvchi xohlasa-xohlamasa majburiy yuklama sifatida akademik guruhlarga biriktirilgan. Bu majburlov yuklamasidan tashqari, o'qituvchi sifatida o'zining katta mas'uliyati ham turgan. O'qituvchi bir kunda uch para darsi bo'lsa, biriktirilgan guruhlarga faqatgina tanaffus vaqtida eshikdan mo'ralab yoki guruh sardoridan shunchaki “kim bor?”, “kim yo'q?”ligini bilish, “nima muammo bor” deb so'rashdan ko'p uzoqlashmagan”.
Maqolada jamlangan rivojlangan davlatlar tajribasi qiziqarli bayon qilingan. “Oksfordda 90 foiz, Kembrijda esa 75 foiz tyutorlar 1 yoki 2 talaba bilan ish olib boradi. Ular talabalarga ham o'qish, ham ta'til paytida rahbarlik qilishadi, ma'nan ustozlik qilishadi”, deydi muallif.
Maqolada amaliy takliflar bor. Jumladan, tyutorlarlarning hududiy muloqot maydonchasi va tajriba almashinuvlarini yo'lga qo'yish, moddiy-ma'naviy rag'batlantirish tizimini kuchaytirish, “Yil tyutori”, “eng faol tyutor”, “eng namunali tyutor” kabi bir qancha nominatsiyalardan iborat hududiy, respublika bosqichida o'tkaziladigan ko'rik-tanlovlarni yo'lga qo'yish, tyutorlik maqomi va darajasini yuksaltirishga oid me'yoriy asoslarni yaratib borish kabi takliflar o'rtaga tashlangani tyutorlar talaba yoshlarning yaqin ko'makchisi, Ustozi bo'lishlariga umid uyg'otadi.
Sanjarbek Davletov,
Urganch davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori, tarix fanlari doktori:
— Muallif Azizbek Amonovning tyutorlik tizimi haqidagi maqolasi fikrimni tortti va o'z navbatida munosabat berishga undadi. Haqiqatda ham maqolada muallif tomonidan keltirilib o'tilgan ko'pgina ma'lumot va masalalar o'rinlidir. Urganch davlat universitetida shu sohaga ma'sul sifatida olib borgan ko'p yillik tajribamdan kelib chiqib shuni ta'kidlashim joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi 563-son qarori, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining tegishli buyrug'i bilan tashkil etilgan «tyutorlik» tashkiliy-metodik yordam tizimi talabalarning mustaqil ta'lim olish faoliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lib, maqola muallifi to'g'ri ta'kidlaganidek, Yangi O'zbekistonning zamonaviy bilim va tafakkurga ega talaba-yoshlari bilan tizimli ravishda ishlash imkonini beradi. Buni oliy ta'lim dargohimiz misolida ko'radigan bo'lsak, bir qator omillar bilan izohlash mumkin:
birinchidan, agar o'tgan yillar davomida murabbiylar bilan faoliyatni davom ettirganimizda biz yoshlar tarbiyasi, xohish-istaklari va ularning bo'sh vaqtlarini to'g'ri tashkil etish kabi o'ta muhim jarayonlarni amalga oshirishda ko'plab qiyinchiliklarga uchrardik;
ikkinchidan, bugungi kunda Urganch davlat universitetida 30 ming nafardan ortiq talaba tahsil oladi. Kunduzgi bakalavriat ta'lim yo'nalishlarida esa qariyb 20 ming nafar talaba taxsil oladi. Bu ko'rsatkichlar talabalar kontingenti so'nggi 5 yilda 4,2 barobar ko'payganidan dalolat beradi. Ko'rinib turibdiki, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash yo'lida ta'lim-tarbiya sifatini ta'minlashda nafaqat zamon talablari, balki talaba-yoshlar soni ham bir necha barobarga oshgan. 15 ming nafar talabani qamrab olgan 1-3-bosqichlar akademik guruhlarida bugungi kunda 100 nafardan ortiq tyutorlar samarali ishlarni tashkil etib kelmoqda. Bu degani, birinchi prorektor jamoasiga dekan muovinlaridan tashqari, qo'shimcha 100 nafar dan ortiq tezkor, talabalarni har biri bilan individual ishlay oladigan yordamchi kuchdir.
uchinchidan, bugun davlatimiz rahbari belgilab bergan muhim vazifalardan kelib chiqqan holda, joylarda yangicha yondashuvlar asosida yoshlar bilan ishlash tizimi shakllantirilmoqda. Bu borada oliy ta'lim tizimida ahloqiy-tarbiyaviy ishlarning ta'sirchanligini oshirish, o'tkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, turli tanlovlar, sport musobaqalari va boshqalarda har bir yoshni qamrab olish oldimizda turgan muhim vazifalar sanaladi. Va bugun tyutorlar tizimi bu jarayonlarni amalga oshirishda muhim rol` o'ynamoqda.
to'rtinchidan, tan olish kerak, oliy ta'lim muassasalarida t`yutorlik tizimi tashkil etilganidan fakultet dekanatlari elkasidagi og'ir masalalari nisbatan kamaydi, talabalar bilan manzilli ishlash tizimi tartibga solinmoqda, ijro intizomi yanada mustahkamlanmoqda.
beshinchidan, talaba-yoshlarni qiynatgan ko'plab muammolar, ularning xohish-istaklari, tashabbuslari, taklif va tavsiyalari to'laqonli fakultet dekanlari, rahbariyatga etib kelmoqda.
Umuman ushbu tizimning tashkil etilishi va yo'lga qo'yilishi men kabi oliygohlarning ko'plab rahbariyati ayniqsa, yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektorlarning kutgan istaklari bo'ldi.
Aytula Abdurayimova,
SamDU tyutori:
– Men “Yangi O'zbekiston” gazetasini muntazam o'qib boraman. Kecha gazetani o'qib muallif A.Amonov tomonidan tyutorlik tizimi haqidagi ajobi maqolani o'qidim va o'zim ham t`yutor bo'lganim uchunmi gazetaga fikrlarimni qo'llashga qaror qildim.
Shuni aytishim kerakk, bugungi kunda davlat oliy ta'lim muassasalari rahbarlaridan tortib toki tyutorlargacha hatto talabalar uchun ham yangi tashkil etilgan tyutorlik tizimi juda ma'qul keldi. Sababi, oliygoh rahbarlari murabbiylik tizimini tashkil etish, murabbiylarni ishlatish va ularni faoliyatida yuzaga keladigan muammolariga yechim topish, moddiy-texnik ta'minoti ta'minlash kabi ko'plab muammolar O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2021-yil 30-sentyabrdagi buyrug'i bilan o'zining batamom echimini topdi. SHu kundan boshlab oliygohlarda tyutorlik tizimi ya'ni universitet rahbariyati – rektor, prorektor, fakultet dekanlari, dekan muovinlarining suyanadigan eng kerakli xodimi, yordamchisi hamda talaba-yoshlarning yaqin ustozi, “ota-onasi”, “sirdorshi”, “do'sti” sifatida harakat mexanizmi yaraldi. Biz yaxshi sharoit`da, yaxshi insonlar va mehnatga yaxshi haq to'lash evazida o'zimiz sepvgan kasb bilan shug'ulanish imkoniga eka bo'ldik. Muallif maqolada keltirgan ko'pgina manbalar asl ma'noda to'g'ri va A.Amonov viloyat t`yutorlari uchun tashkil etilgan trenerlik jarayonidagi ma'ruzalarida ham tizim koriga xizmat qiladigan ko'plab amaliy, hayotiy misollarga tayangan ma'lumotlarni t`yutorlarga etkazgan. Muallifga minnatdorlik bildiraman.
Sojida Rahmonova,
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instiuti tyutori:
— A.Amonovning “TYUTORLIK: talabalar bilan ishlashda innovatsion uslub” nomli maqolasini o'qib. Ilgari murabbiylik tizimida ishlaganim uchunmi, tyutorlik tizimi ham murabbiylikday bo'lsa kerak degan uy-fikrda ish boshlagandim. Ammo, ishga qabul qilishdan boshlab toki shu kunga qadar faoliyatim davomida shunga amin bo'ldimki, yangi tashkil etilgan tyutorlik tizimi mutloq boshqacha ekan. T`yutorga qo'yilgan talablar, maqsad va vazifalari, amaliy ishlarining mexanizmlari bugungi va kelajak avlodni ko'zi, g'oyasi, qarashlari, ongi va tafakkuriga hamohang bo'lishi. O'z navbatida t`yutor ham o'tgani lekin bu tizim ancha amaliy qiziq va yoshlar bilan keng va chuqurroq ishlashni talab qilishi hamda o'ziga xos pedagogik, psixologik, zamonaviy bilim-ko'nikmalar talab qilishini anglagani va buning uchun o'z ustida doimiy izlanishish olib borishi kerakligi (va boshq.) ....
Dildora Amonova,
talabaning onasi:
— Maqolaga fikrim o'ta ijobiy. Tizimni tashkil etilgani juda yaxshi bo'lgani, ilgari katta o'g'lim Rustam universitetda 4 yil o'qigan va uning murabbiysini tanimasdim ham! Hozirda kichik o'g'lim Dostonbekni instiutdagi murabbiysi bugungi nomi – tyutori o'g'lim darsga bir kun kelmasa o'g'lingiz Doston kelmadi, tanchmi, sog'-omonmi deb so'rashi, vaqti-vaqti bilan darslarni o'zlashtirishi haqida axborot berib turar yoki institutning sharoitlari, talabalar turar joyiga ehtiyozi bormi deb yil boshidan so'rashi yoki ijaraga tursa ijara to'lovining 50 foizi davlat tomonidan to'lab berilishi va boshqa ko'plab amaliy maslahtalar bilan tez tez yo'qlab turadi. Tyutori borligi uchun o'g'lim Dostonning o'qishlaridan xavotirim umuman yo'q. O'zi ham o'qishidan mamnun. YUrtboshimizga, davlatimizga, institut rahbariyati va ayniqsa, tyutoriga rahmat.
Dilshod Rajabov,
Far DU talabasi:
— Muallif A.Amonovning “Yangi O'zbekiston” gazetasiga tyutorlik tizimi bo'yicha yozgan maqolasini o'qib maqola bo'yicha o'z fikrlarimni tahririyatga yozdim. Haqiqatdan ham tyutorlik juda zo'r tashkil qilingan tizim ekan. Menga rahbarlik qilayotgan t`yutorimdane juda mamnunman. Sababi:
- Meni universitetga kelgan kunimdan universitetni tanishtirishdan tortib toki TTJga joylashishim, o'qishlarni o'zlashtirishim, darsdan bo'sh vaqtimda tadbirga yoki universitetda tashkil etilgan turli klublarga ishtirok etishimgacha o'zini beminnat maslahatlarini berib kelyapti.
- Ko'pgina hollarda meni to'g'ri maslahatlari bilan muammolardan, tushkinlik holatidan va boshqa vaziyatlarga tushib qolishimni oldini olyapti. Masalan: kuni kecha o'qituvchim bilan tushunmovchilik evaziga ziddiyatga borib qoldik. Tyutorim bu vaziyat manga ham, o'qituvchimga ham asl holatini aytib ikkimizni shu salbiy holatdan chiqardi. O'qituvchim ham, man ham u kishidan mamnun bo'ldim. YAna yaqinda oilamizda og'ir judolik bo'lib, otam o'tib qolgan edilar. Tyutorim kursdoshlarim bilan ta'zilar bildirib, do'stlarim bilan moddiy ko'mak tashkil etdi. Va universitetda tashkil etilgan ijtimoiy himoya komissiyasi bilan bog'lanib kontrakt to'lovimga ham ko'maklashishni tashkil etyapti.
Umuman sanasam yaxshiliklari ko'p. Rahmat tizimni tashkil etganlarga, rahmat t`yutorim Dilbar opaga.
Abdulaziz Abduraxmonov,
TDIU talaba:
— Men “Yangi O'zbekiston” gazetasida muallif Azizbek Amonovning tyutorlik tizimi bilan bog'liq maqolasini o'qidim, o'z fikrlarimni tahririyatga jo'natyapman. Maqola zo'r. Maqolani o'qib men ham tyutorlik tizimi, tyutorim Gulchexra Maxsumovaning faoliyati mening taqdirimdagi ayrim xodisalarini ayib o'tmoqchiman. Men 2021-yil o'qishimni ko'chirib universitetga kelganimda t`yutorim qarshi olib universitet bilan to'liq tanishtirgan va talabalar turar joyida joy bo'lmagani uchun universitetda tashkil etilgan ijara xondonlarini topishga ko'maklashuvchi markazi xodimlari bilan bog'lanib ijara xonadoni topishimga va ijara to'lovi 50 foizini to'lab berishga ko'maklashdi. Yana oilamizda bir necha marotaba turli marosimlar bo'lganida fakul`tet dekani, dekan muovinlariga tushintirib menga ushbu marosimlarda ishtirok etish uchun viloyatga ma'lum vaqtga borib kelishimga yordam bergan. Hozirda tyutorimga shunchalik ishonamanki, hatto onamdan yashiradigan shaxsiy sirlarimni ham u kishiga be'malol aytaman va u bunda ham o'zining hayotim uchun ijobiy o'zgarish qilishga sabab bo'ladigan firklarini bildiradi. Albatta, universitet rahbariyati, t`yutorimga minnatdorligimni aytaman.
Akmal Nazarov,
Buxoro davlat universiteti kafedra mudiri
— A.Amonovning Tyutorlik tizimi haqida “Yangi O'zbekiston” gazetasida yozilgan maqolani o'qib o'zimning tizim haqidagi ayrim firklarimni bildirgim keldi. Haqiqatdan ham biz dunyo, rivojlangan mamlakatlar tajribasini o'zimizda qo'llashimiz ham zarur ekan. Masalan, tyutorlik tizimi ham shunday ijobiy tajriba namunasi. Men 2021-yil 30-sentyabrda vazirlikning ushbu tizimni joriy etilishi haqida eshitib qanday bo'lar ekan-a, yana o'sha murabbiylik tizimidek bo'lsa kerak degan o'y-xayolar o'tgan edi, boshimdan. Lekin mani bir necha oylar-ki, universitetda faoliyat yuritayotgan, men dars berayotgan auditoriyadagi talabalar tyutorlarining harakatlarini, mehnatlarini ko'ryapman. Juda yaxshi ishlarni amalga oshirishyapti. Ular talabani darslarga o'z vaqtida kelib-qetishi, dars jarayonida talabani tartibli o'tirishi, darsdan bo'sh vaqtida turli tadbirlar yoki tanlov, to'garaklarga jalb qilishi, talabani qiziqishlarini yo'naltirish, talabaning ota-onasi bilan hamda ma'lumotlar bazasini shakllantirishga kabi ko'pgina ishlarni amalga oshirayotganini e'tirof etish kerak. Bu tizim oliy ta'lim tizimida ta'lim-tarbiya sifatini oshishiga ijobiy ta'sir qilishiga ishonaman. Albatta, tizim xodimlari malakasini har yili oshirib borish ham kerak bo'ladi.
Rizamat Jabborov,
fuqaro:
— “Yangi O'zbekiston” gazetasida A.Amonovning maqolani o'qib o'zimni oliy ta'lim tizimida yangi tashkil etilgan tyutorlik tizimi, tyutor o'zi kim degan savolimga atroflicha javob oldim. Bugungi globallashuv sharoitida, dunyodagi, mintaqadagi turli salbiy ziddiyatlar kechayotgan bir davrda agar maqolada keltirilganidek, bu yangi tizim oliygohlarda keng joriy qilinsa, keltirilgan ma'lumotlardek ishlar tashkil etilib, yoshlar ta'lim-tarbiyasiga shunday e'tibor bilan xizmat qilsa, albatta o'zining ijobiy samarasini beradi. Bugungi yoshlarni tyutor kabi doimiy ta'lim-tarbiyasiga, ularning qiziqish va intilishlari, xohish istaklari, bo'sh vaqtlarini unumli tashkil etish kabi doimiy ishlar bilan band bo'lagan mas'ular, mutasaddilarni sani ko'payishi juda muhim. Chunki, yoshlar turli “zararli odatlarga”, “Axboorot xurujlari”, “g'oyaviy-mafkuraviy o'yinlarga” chalg'imay, o'z vaqtida barcha yaxshi fazilat, yaxshi bilim, yaxshi kasblarni egallab, mamlakat buguni va kelajagini yuksaltirishga xizmat qilishi kerak. O'ylaymanki, tyutorlik tizimining maqsadi va amaliy ishlari mana shunday bunyodkorllik yo'naltirilgandir.
Obidjon Ummatov,
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazining “Tyutorlar faoliyatini tashkil etish va monitoring qilish” bo'limi boshlig'i:
— Muallif, hamkasbim va viloyatlarda e'lon qilingan maqola tizimi bo'yicha trenerlik vazifasini o'tagan Azizbek Amonovning maqolasini o'qib, tahririyatga quyidagi fikrlarini yo'lladim.
Darhaqiqat, muallif A.Amonov oliy ta'lim tizimidagi yangi joriy qilingan qolaversa, sanoqli oliy ta'lim muassasalari jumladan iqtisodiyot universitetida tajriba sinovdan o'tkazilganligini inobatga olib juda chiroyli tarzda tizim xodimlariga uslubiy yo'riqnoma shaklida fikrlarini keltirgan. Haqiqatdan ham maqolani o'qib tizimning tarixi, buguni va kelajagi haqida keng ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin.
O'tgan yilning noyabr-dekabr oylarida Respublikaning 140dan ortiq OTMlari t`yutorlari va dekan muovinlari uchun tashkil etilgan ushbu o'quv-seminar va seminar-treninglar juda samarali bo'ldi. Chunki, yangi tashkil etilgan tizimda faoliyat boshlagan tyutorlar o'z vazifalarini bajarishda dastlab yoki tez-tez uchrab turadigan masalalar va ularning echimlari hamda dekan muovinlarining tyutorlar bilan hamkorlikda ishlarni qanday tashkil etish borasidagi amaliy mexanizmlar zamonaviy metodlar orqali muhokama qilindi, o'rganildi. O'z-o'zidan ma'lumki, ushbu seminarlarda tyutorlar tomonidan muloqatlar jarayonlari va maxsus so'rovnoma orqali tizimni yanada yaxshilash, amaliyotga uchraydigan turli muammoli holatlar, masalalar, amaliy echimini kutayotgan ko'plab savollar, taklif va tavsiyalar olindi. Masalan: tyutorlarlarning muntazam o'quvlarini tizimli ravishda tashkil etib borish; hududiy muloqot maydonchasi va tajriba almashinuvlarni yo'lga qo'yish; ularning mehnat sharoitlari va moddiy texnika vositalari bilan ta'minlanishi; tyutorlik tizimida moddiy-ma'naviy rag'batlantirish tizimini kuchaytirish; “Yil tyutori”, “eng faol tyutor”, “eng namunali tyutor” kabi bir qancha naminatsiyalardan iborat hududiy, respublika bosqichida o'tkaziladigan ko'rik-tanlovlarni yo'lga qo'yish; tizimda ma'lumot va hisobotlarni tayyorlash va mas'ullar bilan almashish; tyutorlik maqomi va darajasini yuksaltirishga oid me'yoriy asoslarni yaratib borish kabilar shular sirasiga kiradi.
O'quv-seminar va seminar-treninglarda kuzatildi-ki, oliy ta'lim muassasalarida tyutorlarini ishga qabul qilish bo'yicha oliygohlarning rahbariyati, mutasaddilari adolatli va munosib xodimlarni ishla olishgan. Ularning talabalar bilan ishlash borasidagi bilimi, tafakkuri, mulohazasi va o'zlaring dunyoqarashi keng, psixologik, pedagogik tajribasi borligi, boyligi ayon bo'ldi. O'ylaymanki, yangi tashkil etilgan bu tizim, t`yutorlar jamoasining kelajagi porloq va o'z oldiga qo'ygan sharafli vazifalarni udalashadi.
Men muallif A.Amonovning ajoyib tyutor uchun uslubiy qo'llanma sifatida yozilgan maqolasini o'ta ijobiy baholab, bu boradagi yanada kengroq ma'lumotlar beradigan maqolalarini kutib qolaman.