Qayd etilishicha, Koreyada E-9 vizasi asosida muvaffaqiyatli ishlab 2010-yil 1-yanvardan keyin Oʻzbekistonga qaytgan 4255 nafar fuqaro Koreyada rasmiy ish joylarga taklif etilmoqda.
Maxsus platformadan toʻgʻri roʻyxatdan oʻtganlarga EPS-TOPIK testini topshirish va ish bilan taʼminlanish imkoni taqdim etiladi.
Roʻyxatdan mustaqil tarzda yoki 17 -20-mart kunlari soat 09:00dan 18:00gacha volontyorlar yordamidan foydalanishingiz, navbatingizni esa @migrationhelper_bot orqali olish mumkin.
Volontyorlarlik markazlari tashkil qilingan manzillar roʻyxati.