Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi texnologiyalar va innovasiyalarning jadal rivojlanishi bilan bog‘liq global muammolar yechimini topishga qaratilgan. Bu yo‘nalishdagi asosiy vazifalardan biri nafaqat hozirgi muammolarni aniqlash, shu bilan birga, ilm-fan va texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan boxabar bo‘lish, zamonaviy muhandislik texnologiyalariga doir bilimlarni egallash, tizimli va ijodiy fikrlash ko‘nikmasiga ega yuqori malakali muhandislarni maqsadli tayyorlashdir.
Muhandislik jamiyat muammolariga xavfsiz yechim topish uchun zarur bo‘lgan bino va inshoot, uskuna, moslamalarni ta’mirlash, loyihalashtirish uchun ilmiy, matematik, iqtisodiy, ijtimoiy va amaliy bilimlarni olish hamda qo‘llash bilan bog‘liq tizimlar majmuidir.
O‘qitish va o‘rganish qobiliyati har doim jamiyat rivojlanishining asosiy qismi bo‘lib kelgan, ammo ilgari ta’lim oldiga bunday jiddiy vazifalar qo‘yilmagan, muhandislarga nisbatan talab ham hozirgidek yuqori emasdi. Bugun texnika universitetlarida bo‘lajak mutaxassislar hali mavjud bo‘lmagan mehnat faoliyatiga o‘rgatilmoqda. Ammo ular ixtiro qilinmagan texnika va texnologiyalardan foydalanish hamda muammolarni hal qilish kerakligini chuqur anglab yetmayapti.
Inson faoliyatining biror-bir sohasi texnologik mahsulot va innovasiyalar kabi tez o‘smagan, ya’ni bu sohada g‘oyadan bozorga tatbiq etishgacha bo‘lgan vaqt hafta va oylar bilan hisoblab chiqilgan. Bu amaliyotchi muhandis ehtiyojini qondirish uchun shu sohadagi ta’limni rivojlantirishni talab qiladi.
Bu borada yangi tashkiliy masalalar ham ko‘zga tashlanmoqda. So‘rovlarga ko‘ra, muhandislar ish vaqtining ko‘p qismi (60 foizga yaqini)ni boshqa vazifalarni bajarishga sarflaydi. Qolgan vaqtlardagina muhandislik ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Muhandislik yechimlari kundan-kun murakkablashib boryapti. Ko‘pincha fanlararo yondashuv shart bo‘ladi. Aksar hollarda ishlab chiqarish sharoiti uning boshqa mamlakatlar tajribasi bilan integrasiyalashuvini talab etadi. Zotan, mahsulotlar dunyoning turli burchaklarida ishlab chiqariladi va barcha ishlab chiqarish resurslari xalqaro ta’minot tizimi bilan bog‘langan. Shu bois, muhandislar ko‘p madaniyatli muhitda turli mamlakatlardagi odamlar bilan muloqotda bo‘lishi zarur. Bu yangi avlod muhandisi mukammal muloqot qobiliyatiga ega bo‘lishi va loyihalarni bosh qarishi, logistika va tizimlar integra siyasi asoslarini o‘zlashtirishi kerakligini anglatadi.
Hozirgi global innovasion rivojlanish davrida chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borish va sohalarni raqamlashtirish zarurati yuzaga kelayotgani sir emas. Mamlakatimizda muhandislar soni yetarlicha, ammo sifati haqida unday deya olmaymiz. Ayni paytda sifatli muhandislarni ko‘paytirish zarurati yuzaga chiqmoqda. Chunki kreativ yondashuvchi innovator muhandislar sanoat tarmoqlaridagi mavjud muam molarga yechim taklif etishi lozim.
Prezidentimiz navbatdagi Murojaatnomasida “...Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni kengaytiramiz. Kimyo sanoati, elektr texnikasi, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga, alohida Muhandislik maktablari tashkil qilinadi. Bu tizim bizda hozirgacha bo‘lmagan. Lo‘nda aytganda, yangi zamon injenerlari tayyorlash tizimini yaratamiz”, degan edi. Bu bejiz emas. Muhandislik ta’limini rivojlantirish O‘zbekistonning innovasion iqtisodiyoti uchun raqamli texnologiyalar va innovasiyalarni rivojlantirishda zamon talabiga mos, dunyoda vujudga kelayotgan global zid diyatli murakkab muammolarga to‘g‘ri javob bera oladigan va hal qila oladigan texnik-muhandislar tayyorlanishiga turtki bo‘ladi.
Texnologik taraqqiyot, ishlab chiqarishni tashkil qilishning zamonaviy usul va vositalarini keng joriy etish, chet ellik sheriklar bilan o‘zaro aloqalardan to‘plangan tajriba, kadrlar malakasini oshirish masalalariga e’tibor qaratilishi muhandislik maktablarining muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Kelajakda o‘qitish ishning ajralmas qismiga aylanadi, deb taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, ish joyidagi o‘quvchilar nafaqat ta’lim xizmatlarining iste’molchilari, balki ularni ishlab chiqaruvchilar va drayverlar bo‘ladi. Muhandislik ta’limi sifatini oshirish zamonaviy o‘qitish dasturlarini immitasiya qila oladigan yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, interfaol shakllarni rivoj lantirish, loyihaviy usullar va vositalardan keng foydalanish yo‘li bilan ta’minlanishi mumkin.
Bugun ta’lim infrastrukturasida yetakchilik muhandislik ta’limi sohasida yuqori darajali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydigan oliy o‘quv yurtlariga tegishlidir. Bunda oliy ta’limning davlat ta’lim standartini tayyorlash muhim ahamiyatga ega. U asosiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish natijalari va o‘quv dasturlarining bajarilishi, bilim sifati nazoratiga bo‘lgan talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda asosiy e’tibor fan, ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integrasiyasi hamda mehnat bozori talablariga ko‘ra, oliy o‘quv yurti faoliyatini yaxshilashga qaratiladi. OTM bilan korxonalar orasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida iqtiso diyot tarmog‘iga muvofiq yetakchi ishlab chiqarish birlashmalari bilan ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatiladi. Bunday aloqalarning mustahkamlanishi tufayli oliy o‘quv yurti moddiy-texnik bazasini yaxshilash va o‘quv dasturlari hamda ilmiy-texnologik ishlanmalarni takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Zumrad GʻOYIBNAZAROVA,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori,
iqtisodiyot fanlari doktori