Bu haqda tadbirkorning o'zi X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
U FDAga (AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi) minnatdorchilik bildirdi.
“Neuralinkning Blindsight qurilmasi hatto ikkala ko'zini va optik asabini yo'qotganlarga ham ko'rish imkonini beradi”, deb yozdi Ilon Mask. Uning aniqlik kiritishicha, implant miyaning ko'rish po'stlog'i buzilmasa, shunday ta'sirga ega bo'ladi.
Implantatsiyadan so'ng, ko'rish qobiliyati asta-sekin paydo bo'lishni boshlaydi va dastlab “past piksellar”ga ega bo'ladi, deb tushuntirdi tadbirkor. Biroq, vaqt o'tishi bilan u odamning tabiiy ko'rish qobiliyatini “ortda qoldirishi” mumkin, deya qo'shimcha qildi Ilon Mask.
Unga ko'ra, bunday implant egalari infraqizil, ultrabinafsha va radar (radiochastota) diapazonlarida ko'rishlari mumkin bo'ladi.
Neuralink – Ilon Maskning kompaniyasi bo'lib, dunyodagi birinchi minimal invaziv neyrochip – miya signallarini Bluetooth orqali uzatishga qodir bo'lgan maxsus qurilmani ishlab chiqadi. Bu kompyuter yoki smartfonni miya impulslari yordamida boshqarish imkonini beradi. Avvalroq tadbirkor o'n yil ichida millionlab odamlar miya neyrochipidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishini taklif qilgan edi. Bunday qurilmalar allaqachon ikkita bemorga implantatsiya qilingan.
Ilon Mask 2022-yil mart oyida ko'zi ojizlarning ko'rish qobiliyatini tiklash uchun neyrochiplar ishlab chiqilishini e'lon qildi. O'sha vaqtga kelib, maymunlar ustida birinchi muvaffaqiyatli sinovlar o'tkazildi, deb xabar beradi rbc.ru.