“Bu test aslida juda aniq natijani ko'rsatadi, ammo hozirda virus o'pkaga avvalgiga qaraganda ancha tez tushadi, degan taassurot ham mavjud. Ehtimol, bu koronavirusdagi yangi mutatsiyalarga bog'liq bo'lishi mumkin yoki biz testlarni “keyinroq” o'tkazishni boshlaganmiz.
Yo'tal paydo bo'lgan ilk paytning o'zidayoq test topshirish o'rniga, bemor ahvoli yaxshilanishini kutadi. Tez-tez tomog'ini chayadi, burniga dori tomizadi. Bu kasallikdan qutqarmaydi, ammo virusni nafas yo'llaridan siqib chiqaradi”, dedi olim.
Uning so'zlariga ko'ra, agar virus odamning nafas yo'llarida bo'lmasa, PSR tekshiruvi uni aniqlay olmaydi. Virus tomoq yo'llaridan o'pkaga tushgan paytda olingan tahlil salbiy natija ko'rsatadi.
“Agar chindan xohlasangiz, organizmda virus bor-yo'qligini aniqlash mumkin, buning uchun boshqa testlar ham mavjud. Masalan, bronxoskopiya tekshiruvi, ammo bu, yumshoq qilib aytganda, ancha noxush sinov. Ushbu sinovni o'tkazish davomida odam go'yo bo'g'ilib, cho'kib ketayotgandek, o'layotgandek hissiyotlarni boshdan kechiradi”, — mutaxassis.
Shuningdek, u nima uchun odam uch hafta davomida pnevmoniya bilan kasallanishi va PSR testi esa salbiy natijani ko'rsatishi haqida yana bir farazni ilgari surdi.
“Aytaylik, odam aprel`-iyun` oylarida kasallikning alomatsiz, juda engil turini boshidan o'tkazdi. Organizmda antitanachalar paydo bo'ldi. Ular virusni engish uchun etarli kuchga ega bo'lmaydi, ammo ular mavjud.
Sentyabr oyida qayta yuqtirilganda, antitanachalar virus bilan eng ko'p kurashishni boshlaydi — infektsiyaning kirish eshigi, yuqori nafas yo'llarida mavjud bo'lgan virusni engib, olib tashlashlari mumkin. Ammo antinachalar kuchi butun organizm uchun etarli bo'lmaydi”, — dedi Baranova.
Biologning aniqlik kiritishicha, organizmning virus bilan kurashi o'pkada davom etadi, ammo bu holatda virusni aniqlash imkoni bo'lmaydi.
“Kurash o'pkada sodir bo'lganda, nafaqat viruslar o'ldiriladi, balki bizning to'qimalarimiz ham zarar ko'radi. Ularning zararlanishi pnevmoniya rivojlanishiga faqatgina yordam beradi. Ushbu immunitet reaktsiyasi testning salbiy natija ko'rsatishi uchun etarli, ammo ta'kidlanganidek, kasallikdan xalos bo'lishga yordam bermaydi. Pnevmoniya virusli, bakterial yoki boshqa xarakterli bo'lishi mumkin. Buni aniqlashimiz kerak”, — dedi Baranova.