Unga Jahon bankining shoshilinch tibbiy yordamni rivojlantirish fondi mablag‘i hisobidan eng so‘ngi rusumdagi Apelium statsionar rentgen apparat, Hemilton C-1 o‘pka sunniy nafas apparatlari, Videogastroskop to‘plami, Videobronxoskop to‘plami, EKG apparatlari, KShS, ta PSR apparat, bioximik analizator, gematologicheskiy analizator to‘plami, laboratoriya sentrifugasi to‘plami, immunoferment analizator, MSKT apparati, gemodializ apparatlari, EOP rentgen hamda mobil rentgen apparati, UTT apparati, laparoskopik apparati keltirilib o‘rnatildi.
Buning natijasida Oqoltin, Sardoba, Mirzaobod tumanining 134 247 nafar aholisiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish imkoni tug‘ildi. Bunga qadar, ushbu tumanlar aholisi shoshilinch tibbiy yordam uchun qariyb, 50-80 kilometr uzoqlikda joylashgan Respublika shoshilinch yordam markazi Sirdaryo viloyat filiali va turdosh tibbiyot muassasalariga murojaat qilardi.
— Tumanda Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir yurak qon tomir markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yilgani, nafaqat turli ovaragrchiliklarni oldini olibgina qolmay, Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tuman aholisiga, qolaversa, Toshkent-Termiz Katta trakti bo‘ylab harakatlanib, yo‘l transport hodisalari sabab qo‘shma shikastlangan haydovchi va yo‘lovchilarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beryapti, — deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori G‘ofur Abduraimov. — 2024-yil 7 oy davomida tuman tibbiyot birlashmasiga 10 326 nafar bemor murojaat qilgan bo‘lsa, shundan 1 782 nafar bemor Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar markaziga yotqizildi. Va natijada 253 nafar bemorda an’anaviy usuldagi, 111 nafar bemorda esa yuqori texnologik «laparoskopicheskaya xoletsistektomiya», «laparoskopicheskaya appendektomiya», uzun naysimon suyaklarni «bloklovchi intramedulyar osteosintez» jarrohlik amaliyotlari bajarilib, qolgan 8 544 nafar bemorga ambulator xizmat ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasi, uning Tumanlararo qo‘shma shikastlanish va yurak-qon tomir kasalliklari markaziga keltirilgan eng so‘nggi rusumdagi «multispiralnaya kompyuternaya tomografiya» yordamida 202 nafar, rentgen apparati yordamida 7 012 nafar, ultratovush apparati yordamida 10 148 nafar bemorning salomatlik ko‘rsatkichi tekshirilib, tekshirish natijalariga qarab tashxislash va davolash ishlari bajarildi.
Avtohalokatlar sabab, murojaat qilgan 343 nafar bemorning 82 nafariga statsionar, qolganlariga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa, infarkt miokardi va o‘tkir koronar sindrom tashxisi bilan murojaat qilgan 44 nafar bemorga statsionar sharoitda yordam ko‘rsatildi.
— Bu ishlarni to‘g‘ri yo‘lga quyilishida, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatni ko‘ngildagidek bo‘lishida 18 nafar shifokor, 92 nafar hamshira, 26 nafar tibbiy va texnik xodimlarning xizmati katta, —deydi G‘ofur Abduraimov.
Bunda Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, viloyat tibbiyot muassasalarning malakali mutaxassislari bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari, ular ishtirokida o‘tkazi «Mahorat» darslari nihoyatda qo‘l kelyapti. O‘tgan yili V. Vohidov nomli respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy markazi malakali va yetakchi mutaxassislari bilan birgalikda 34 yoshli tug‘ma yurak nuqsoni bor bemorda tuman darajasida ochiq jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, nuqson plastika yo‘li bilan bartaraf etilgan bo‘lsa, mazkur markaz va Guliston tibbiyot klasteri mutaxassislari yordamida esa buyrak transplantatsiyasi bilan bog‘liq amaliyot «Mahorat» darsi asosida muvafaqiyatli o‘tkazildi.
Xullas, Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasi, uning Tumanlararo qo‘shma shikastlanish va yurak-qon tomir markazida murakkab va yuqori texnologik amaliyotlarni yo‘lga qo‘yilgani, bemorlar va ularning yaqinlari uchun qator qo‘layliklarni taqdim etibgina qolmay, ular uzog‘ini yaqin qilishga yordam beryapti.
G‘ulom Primov,
Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot kotibi.